Tezkor! Sirdaryodagi bankda 81 000 yevro qalbaki pul birliklari aniqlandi

Tezkor! Sirdaryodagi bankda 81 000 yevro qalbaki pul birliklari aniqlandi

"Qishloqqurilishbank" Sirdaryo mintaqaviy filialida 81 000 YEVRO miqdoridagi xorijiy valyutadagi qalbaki pul birliklari aniqlangan, deyiladi bank axborot xizmatining xabarida.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat bo‘yicha hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, qonuniy baho berish maqsadida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga taqdim qilingan.

Ayni vaqtda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan va surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.

"Holat yuzasidan surishtiruv-tergov ishlari yakunlangach, qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinadi", — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!