TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISh DAVR TALABI

A A A
TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATINI  TAKOMILLASHTIRISh DAVR TALABI

Muhtaram Prezidentimiz SH.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida ”Davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga baho berishda qonuniylikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari qanday himoya qilinayotgani biz uchun eng asosiy mezon bo‘lishi shart. Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” - deya ta’kidlagan edi.

Shu maqsadda jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash davlatning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Jinoyat alomatlarini va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish, jinoyat ishi yuzasidan dalil tariqasida foydalanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlash maqsadida ilmiy-texnika vositalaridan foydalangan holda, zarur choralar ko‘rish yuzasidan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv faoliyati natijalari muhim o‘rin tutadi.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish tarixi guvohlik berishicha, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni o‘z vaqtida aniqlash, oldini olish, bartaraf etish va fosh etish, yashiringan jinoyatchilarni qidirib topish uchun faqat oshkora jinoyat-prosessual va boshqa vositalar yetarli bo‘lmasdan, boshqa samarador vositalarni qo‘llash taqozo etiladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun nafaqat sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish, balki jinoiy hodisa va jarayonlar rivojlanishi ustidan nazorat o‘rnatish muhim vazifa hisoblanadi.

Shu bilan birga, amaldagi Jinoyat-prosessual Kodeksi muntazam takomillashtirib borilayotganiga qaramasdan, sud-tergov amaliyotini tahlil qilish va fuqarolar murojaatlarini o‘rganish natijalari tizimda ba’zi bir kamchiliklar mavjudligidan dalolat bermoqda. Xususan, qonunchilikda tezkor-qidiruv faoliyati, uning natijalaridan foydalanishga oid normalarning mukammal emasligi, tezkor-qidiruv faoliyati davomida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha mexanizmlar to‘liq ishga solinmaganligi, qonunchilikda bo‘shliqlar mavjudligi, bir qator muammo, kamchiliklar va bahsli holatlar borligini ko‘rsatdi.

Bundan tashqari, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tomonidan jinoyatchilikni oldini olish, sodir etilayotgan jinoyatlarni tezkorlik bilan ochish, mamlakatimizda tinchlikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalda ta’minlash yuzasidan amalga oshirayotgan salmoqli ishlarini qayd etish barobarida, mazkur faoliyatini amalga oshiruvchi ayrim hodimlari tomonidan faoliyat natijasida ushlangan shaxslarning himoyaga bo‘lgan huquqlarini ta’minlamaslik, tezkor-qidiruv tadbirida ishtirok etgan boshqa shaxslarning qo‘shtirnoq ichidagi “Sayi harakatlari” natijasida shaxsni jinoyat sodir etishga undash orqali go‘yoki tezkor ma’lumotlar asosida tezkor tadbir o‘tkazish, buning natijasida bir shaxsni jinoyatchiga aylantirish bilan o‘zlari oldiga qo‘yilgan rejani bajarish, jinoyachilikka qarshi kurashda samarali faoliyat yuritayotgandek ko‘rsatish hollari yuzasidan fuqarolarning haqli e’tirozlari uchrab turibdi.

Mazkur holatlar jinoyatlarni tez va to‘la ochish, jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishi hamda aybi bo‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etish, jinoyat ishini qonuniy, asosli va adolatli yakun topishi, fuqarolarning huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va sudga nisbatan ishonchi susayishi bilan bog‘liq muammolarni yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda hamda ushbu institut takomillashtirishga muhtoj ekanligini ko‘rsatmoqda.

Tezkor-qidiruv faoliyatida qonunchilikka rioya etish, ma’lumotlar olish jarayonlari ancha yopiq tarzda tashkil etilgani sababli uning qonuniyligi, amalga oshirish jarayonida qonunchilikka rioya etilishi, ma’lumotlarning haqiqiyligi yuzasidan juda ko‘p savollar tug‘ilishiga sababchi bo‘lmoqda.

Aynan shu muammolarni bartaraf qilish maqsadida, “Xabeas Korpus” institutini yanada kengaytirish, surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida sud nazoratini kuchaytirish muhim sanaladi.

Xalqaro huquq va xorijiy amaliyotda o‘zining ijobiy natijasini berayotgan amaliyotni milliy mentalitetimizdan kelib chiqqan holda qonunchiligimizga implementasiya qilish o‘zining ijobiy natijasini beradi.

Jinoyat va jinoyat-prosessual qonunchiligini takomillashtirish sohasidagi davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlarini belgilab bergan 2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”ning qabul qilinishi islohotlarning tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan bosqichi bo‘ldi.

Shaxsning huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, prosessual harakatlarning sifatini oshirish, jinoyat prosessida dalillarni to‘plash va mustahkamlash, ularga baho berish tizimini ilg‘or xorijiy tajribada keng qo‘llaniladigan isbotlash standartlarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Tizimda mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida Prezidentimizning 2020 yil 10 avgustdagi “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida amaliyotda saqlanib qolayotgan inson huquqlari buzish holatlari, ayniqsa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan fuqarolarga nisbatan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan huquqiy mexanizmlar nazarda tutilgan edi.

Farmondan kelib chiqqan holda 2021 yil 18 fevral kuni imzolangan Qonunga asosan Jinoyat-prosessual Kodeksiga ayrim o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra agar tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari faqat qonun talablariga muvofiq olingan bo‘lsa, ushbu Kodeks normalariga muvofiq tekshirilgan va baholanganidan keyin hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining yoki tezkor-qidiruv tadbirida ishtirok etgan boshqa shaxslarning harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsda jinoyat sodir etish uchun shakllangan qasd mavjud bo‘lganligidan dalolat bersa, ushbu natijalar dalil sifatida tan olinishi mumkinligi alohida belgilab qo‘yildi.

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan ayrim holatlarda gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan yoki sudlanuvchidan arizalar, tushuntirishlar yoki ko‘rsatuvlar o‘zi istagan vaqtda, xech qanday ruxsatsiz olinib kelingan bo‘lsa, endilikda jinoyat ishi o‘z yurituvida bo‘lgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning yozma ruxsatiga asosan va faqat himoyachi ishtirokida amalga oshirilishi, bundan belgilangan tartibda himoyachidan voz kechilgan hollar mustasno etib belgilandi.

Qonunga o‘zgartish kiritilgunga qadar gumon qilinuvchi ushlangan yoki gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi to‘g‘risidagi qaror unga ma’lum qilingan paytdan boshlab himoyachiga ega bo‘lish huquqi mavjud edi. Yangi o‘zgartishga ko‘ra esa u amalda ushlangan yoki jinoyat joyida ushlash bilan bog‘liq tezkor-qidiruv tadbiri amalda yakunlangan yoxud uning gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi to‘g‘risidagi qaror unga ma’lum qilingan paytdan boshlab himoyachiga ega bo‘lish huquqi ta’minlanishi aniq va lo‘nda qilib belgilanib, shaxslarning huquqlari cheklanish holatlariga barham berish, ish sifatini va tezqor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirayotgan hodimlar mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, isbot qilishda qo‘yidagilar ta’qiqlandi:

- shaxsni g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etishga undash va bunday undash oqibatida sodir etilgan jinoyat uchun uni ayblash;

- shaxsni jinoyat ishiga gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, uni guvoh tariqasida so‘roq qilish, bundan ekspertiza yoki taftish o‘tkazish talab etiladigan hollar mustasno;

- shaxsga uning prosessual huquqlari tushuntirilguniga qadar undan biron-bir yozma yoki og‘zaki ko‘rsatuvlar olish;

- ushlangan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini prosess ishtirokchisi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va so‘roq qilish;

- mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan jinoyat ishi doirasida prosess ishtirokchilarini surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va (yoki) so‘roq qilish, bundan ular bilan bog‘liq bo‘lgan alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi yoki sudning yozma topshirig‘i mavjud bo‘lgan hollar mustasno ekanligi belgilandi.

Qonunchilikka kiritilgan mazkur o‘zgartishlarni keng targ‘ib qilish, uning ijrosini amalda ta’minlash, huquqni muhofaza qiluvchi organ hodimlari tomonidan qonun talablariga qat’iy amal qilish, qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan hodimlarga nisbatan keskin choralar ko‘rish orqali fuqarolarning davlat organlariga nisbatan ishonchini oshirish, mamlakatimizda qonuniylikni mustahkamlashda muhim omil sanaladi.

Muhtaram Prezidentimizning talablaridan kelib chiqqan holda, jamiyatda “Odillik mezoni” hisoblangan sudlar chinakam mustaqillikni namoyon etib, ishlarni ko‘rishda tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amlga oshiruvchi organlar tomonidan moddiy va prosessual qonun normalariga og‘ishmay amal qilishlari ustidan talabchanlikni kuchaytirish, Jinoyat prosessual Kodeksi talablari asosida olingan, dalillar maqbulligi shartlariga to‘la mos keladigan dalillarni sud qarorlariga asos qilib olish, qonun talablari buzilgan holda olingan dalillarni esa nomaqbul deb topish, fuqarolarning asossiz ravishda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi, ularni huquqlari cheklanish hollariga jiddiy munosabat bildirib borish, har bir qonun buzilishi yuzasidan mansabdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi masala hal etish, ularga imkon bergan sabab va sharoitlar sinchiklab o‘rganish, xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan ularni bartaraf etish choralari ko‘rib borish lozim bo‘ladi.

Zero, buyuk Bobokalonimiz Amir Temur aytganlaridek «Yuz kunlik toat-ibodatdan bir kunlik adolat yaxshiroqdir».

Zafarjon Rasulov,

Sudyalar Oliy maktabi tinglovchisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Chess.com Open-2026 onlayn turniri. Sindarov musobaqani tark etdi, Abdusattorov JCh yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi

Нодирбек Абдусатторов ва Жавоҳир Синдаров дунёнинг энг йирик онлайн шахмат турнирларидан бири — Chess.com Open 2026 мусобақасида иштирок этди.

APL uchun dahshatli tush: «Manchester Siti» chempion bo‘lsa-da, kubok «Arsenal»ga topshirilishi mumkin

Англия Премьер-лигасида чемпионлик пойгаси кутилмаган ва «ноқулай» вазиятга яқинлашмоқда.

Zo'r TV bugun «Barselona» va «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinlarni jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун — 2026 йил 25-апрель, шанба куни қуйидаги кўрсатув ва трансляцияларни эфирга узатишни режалаштирган.

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоа ярим ҳимоячиси Матеус Нунеснинг янги позициядаги ҳаракатларига юқори баҳо берди.

Ekspert Husanovni “Real” yulduzidan yuqori baholadi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов айни пайтда фаолиятидаги сезиларли ўсишни намойиш қилмоқда.

Pep Gvardiola terma jamoani qabul qilib olishga tayyor

Хосеп Гвардиола аввалроқ фаолиятининг қайсидир босқичида миллий терма жамоада ишлаш истаги борлигини айтган эди.

Samarqandda ikki nafar qiz vasiysi tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Болаларга етказилган тан жароҳати даражасини аниқлаш юзасидан суд-тиббиёт экспертиза тайинланган.

Dahshat! Hokim ishi: pora ishimi yoki ssenariy?

У 60 минг АҚШ доллари миқдорида пора олишда ҳам айбланмоқда.

«Real» Mbappe bilan xayrlashadimi?

Матбуотда Мадриднинг «Реал» клубидаги ички муҳит билан боғлиқ муаммолар ҳақида яна хабарлар пайдо бўлмоқда.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Tramp Eron va Ukrainani adashtirib yubordi – BBC

Оқ уй ҳозирча Трампнинг бу сўзлари бўйича қўшимча изоҳ бергани йўқ

Putin Trampga Ukrainadagi Maxsus harbiy amaliyot maqsadlari baribir amalga oshirilishini aytdi

Президентлар Эрон атрофидаги вазиятни ҳам муҳокама қилдилар. Путин АҚШнинг Эронга қарши қуруқликдаги амалиёт ўтказиш вариантини хавфли деб атади

Zelenskiy Putinning G‘alaba bayrami munosabati bilan sulh e’lon qilish g‘oyasiga munosabat bildirdi

Украина лрезиденти Зеленский Владимир Путиннинг Ғалаба байрами муносабати билан сулҳ эълон қилиш ғоясига муносабат билдирди.

AQShda Rossiyaning T-72 tanki dunyodagi eng yaxshi tanklardan biri deb topildi

Уларнинг таъкидлашича, янги турдаги қуроллар, айниқса, учувчисиз учиш аппаратлари оммавий қўлланилаётган шароитда ҳам Т-72 ўзининг жанговар самарадорлигини сақлаб қолмоқда.

Denovdagi qotillik yuzasidan 4 kishi qo‘lga olindi

Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.

Nepalda jarlikka qulagan jip halokati qurbonlari soni 20 nafarga yetdi

Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.

G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilganidan beri bolalar ahvoli qanday kechdi ?

2025 йил 10 октябрдан кучга кирган ўт очишни тўхтатишдан сўнг:

Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi Prezidenti hamda Gaziantep Katta Shahar Hokimi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.

2 viloyatda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi

Автомашина холислар иштирокида кўздан кечирилганда, унинг мотор қисмидаги ҳаво фильтри остига яшириб қўйилган 993 гр “опий” моддаси процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.

Isroil hujumi Livanda bir oilaning 5 a’zosini halok qildi

Исроил томонидан амалга оширилган ҳаво зарбаси натижасида Ливанда бир оиланинг 5 нафар аъзоси ҳалок бўлди.

Fransiya fuqarolarini Malini zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Расмий Париж баёнотида мамлакатдаги хавфсизлик вазияти “ўта беқарор” деб баҳоланган.

“G‘arbiy Yevropa Zelenskiyning “yadroviy shantaji” qurboniga aylanishi mumkin”

РФ ТИВ вакили Мария Захарова Украин режими раҳбарининг ядро қуроли ҳақидаги баёнотларига муносабат билдирди.

Pentagon: AQSh Eronga qarshi operasiyaga 25 mlrd dollar sarfladi

Бу ҳақда Пентагон вакили Жюль Хёрст маълум қилди.

Ukraina dronlari Perm o‘lkasi va Orenburg viloyatiga hujum qildi

Маълумотларга кўра, Орск шаҳридаги "Орскнефтеоргсинтез" нефтни қайта ишлаш заводига ҳам ҳужум қилинган.

14 yoshli qizga shilqimlik qilgan PPX xodimi ishdan olindi. IIV holatni tekshirmoqda

Қизнинг акаси автомобилнинг давлат рақами 10 R077MB бўлганини, рулда эса ППХ ходими ўтирганини айтган.

Evropa Ittifoqi Ukrainadagi mojaroni cho‘zmoqda, Rossiya esa kuchaymoqda

Бу фикрни британлик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркурис YouTube’даги чиқишида билдирди.

Ziroat Mirziyoyeva Xivaning yangi yashil jamoat makonini barpo etishda ishtirok etdi

Яқин-яқингача бўш турган қарийб 8 гектарлик майдонга ҳудуднинг табиий-иқлим шароитидан келиб чиқиб танланган 3 минг тупдан ортиқ дарахт ва ўсимлик кўчатлари ўтқазилмоқда.

Toshkentda yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib yubordi

Машинист темир йўлдаги одамни тахминан 500 метр масофадан пайқаган, бироқ поездни тўхтатишга улгурмаган.

Andijonda “Haj” ziyoratiga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Тезкор тадбирда, у олдиндан 9 минг доллар олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

NATO sammitlari qisqaradimi? Ittifoq ichidagi ziddiyatlar ortida yangi reja

Бу ҳақда Reuters манбаларга таяниб хабар берди.

Isroil Livanda hujumlarni kuchaytirdi: “Hizbulloh” ob’ektlari yo‘q qilinmoqda

Исроил армияси Ливан жанубидаги амалиётларини давом эттириб, “Ҳизбуллоҳ” позицияларига навбатдаги зарбалар берди.

Slovakiya YEIga qarshi: Rossiya gaziga taqiq ustidan sudga shikoyat qildi

Бу ҳақда мамлакат Адлия вазирлиги маълум қилди.

Hindistonda bortida 232 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi

Swiss Airlines авиакомпанияси воқеа ҳақида хабардорлигини, ҳозирда двигатель ишдан чиқиши ва ёнғин сабаблари текширилишини маълум қилди.

Moskvada qor yog‘ishi oqibatida daraxtlar quladi, Vnukovoda esa reyslar bekor qilindi

Москва вилоятининг Дубна ва Домодедово шаҳарларида қор ёғиши ва дарахтлар қулаши оқибатида электр таъминоти қисман узилди.

Qo‘qonda do‘konda yong‘in chiqdi

Билдирилишича, ҳодиса оқибатида жабрланганлар йўқ. Ёнғиндан дўконнинг 400 квадрат метр майдони сақлаб қолинган.