NATO rahbariyati Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya rahbarlarini alyansning iyun oyida bo‘lib o‘tadigan sammitiga taklif etish niyatida, bu esa Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (APR) davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlash yo‘lida davom etadi.
Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.
24 va 25 iyun kunlari Gaagada bo‘lib o‘tadigan sammit davomida NATOning Osiyodagi hamkorlari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazilmasligi kutilmoqda, biroq NATO Bosh kotibi Mark Ryutte bu davlatlar rahbarlari bilan uchrashishi mumkin. Aprel oyida u Yaponiyaga tashrif buyurdi.
Telekanal qayd etishicha, NATO Rossiyaga cheklov ta’sirini o‘tkazish maqsadida AQShning avvalgi prezidenti Jo Bayden ma’muriyati tashabbusi bilan uch yil avval Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi hamkor davlatlar rahbarlarini sammitlarga taklif qila boshlagan. Alyans, NHK ta’kidlaganidek, G‘arb tahdid sifatida ko‘rayotgan Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiyot va xavfsizlik sohalaridagi munosabatlarning mustahkamlanishi fonida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bilan aloqalarni yanada rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
NATOning Gaagadagi sammiti Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba uchun 3 iyunda saylanadigan Janubiy Koreyaning yangi prezidenti bilan uchrashish imkoniyati bo‘lishi mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.
"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".
Таъкидлаш лозимки, гуруҳ етакчиси ва аъзоларининг 4 нафари муқаддам содир этган жиноятлари учун умрининг маълум бир қисмини панжара ортида ўтказган бўлсаларда, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.
Япониянинг Киото шаҳридаги ATR “Computational Neuroscience” лабораторияси томонидан инсон онгининг сирли олами — тушларни ёзиб олиш ва уларни қайта тиклаш бўйича илғор технология ишлаб чиқилди.
Марказ Марказий Осиё минтақасида илмий тадқиқотлар, мутахассисларни тайёрлаш, технологиялар ва тажриба алмашиш, шунингдек, «ёшил» ва барқарор ривожланишни тарғиб қилиш учун платформа бўлади.