Tez tibbiy xizmatning 3 ta “xo‘jayini” bor-Prezident

Tez tibbiy xizmatning 3 ta “xo‘jayini” bor-Prezident

Viloyat shoshilinch markazlarida 40 dan ziyod yuqori texnologik operasiyalar yo‘lga qo‘yilganini qayd etib, davlatimiz rahbari tibbiyot sohasi vakillar bilan ochiq muloqotda tez yordam xizmatini takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab masalalar ko‘tarilganini ko‘rsatib o‘tdi.

“Misol uchun, tez tibbiy yordam brigadasi kechikib kelishi bo‘yicha 2021 yilning o‘zida viloyatlardan 50 mingdan ziyod shikoyat kelib tushgan.

Sababi, sohada yagona boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yilmagan, ya’ni tez tibbiy xizmatning 3 ta “xo‘jayini” bor.

Jumladan, tibbiyot xodimini “rayzdrav” tayinlaydi, dispetcherlarni ishga qabul qilish va dori-darmon ta’minoti viloyat shoshilinch yordam markazida, transport parki, yoqilg‘i ta’minoti va haydovchilar esa “oblzdrav”ga bo‘ysunadi”, dedi Prezident.

Bunday boshqaruv tizimida chalkashliklar ko‘pligi, buning oqibatida tez tibbiy yordam xizmati ko‘rsatish tuman hududi bilan cheklanib qolgani, tez yordam stansiyasi qo‘shni tuman bilan chegaradosh bo‘lsa ham, boshqa hudud degan vaj bilan chaqiruvni qabul qilmasligi tanqid qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!