Tez orada Rossiyaga qarshi 10-sanksiyalar paketi qabul qilinishi kutilmoqda

Tez orada Rossiyaga qarshi 10-sanksiyalar paketi qabul qilinishi kutilmoqda

Evroparlament Yevropa Ittifoqi davlatlarini imkon qadar tezroq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 10-paketini qabul qilishga chaqirdi.

Evroparlamentning 3 fevral kuni Kiyevda bo‘lib o‘tadigan YEI-Ukraina sammitiga to‘g‘ri kelgan navbatdan tashqari sessiyasida qabul qilingan rezolyusiyada Yevropada hali ham faoliyatini davom ettirayotgan kompaniyalar, jumladan, "Lukoyl" va "Rosatom"ning Yevropa Ittifoqi bozorida ishlashini taqiqlash taklif etildi.

Bundan tashqari, Yevroparlament Ukrainaga G‘arb jangovar samolyotlari va uzoq masofali raketalarni yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!