Tez orada Yevropa Ittifoqining Vengriya uchun mablag‘lari blokdan chiqarilishi mumkin

Tez orada Yevropa Ittifoqining Vengriya uchun mablag‘lari blokdan chiqarilishi mumkin

Vengriya Yevropa Ittifoqining umumiy byudjetidan va Budapeshtda demokratiya va qonun ustuvorligi sohasida islohotlar o‘tkazilgunga qadar bloklangan maxsus fondlaridan o‘zi uchun ajratilgan mablag‘larning bir qismiga kirishga yaqin turibdi.

Bu haqda Reuters agentligi Yevropa Ittifoqining nomi oshkor etilmagan rasmiylariga tayanib xabar berdi.

Ularga ko‘ra, 2022 yil yozida bosh vazir Viktor Orban hukumati tomonidan kiritilgan islohotlar mamlakat sudlarining mustaqilligini mablag‘larni qisman ochish uchun yetarli darajada mustahkamlagan.

Ularning aniqlik kiritishicha, ayni paytda Budapesht va Yevrokomissiya o‘rtasida ushbu masala bo‘yicha faol aloqalar olib borilmoqda va kelishuvga erishish ehtimoli yuqori.

Bryussel jamiyatning umumiy byudjeti va Vengriya uchun ajratilgan maxsus mablag‘laridan mablag‘larni ushlab qolib, undan demokratiya va qonun ustuvorligi sohasida o‘zgarishlarni talab qilmoqda. Jami 22 milliard yevro muzlatib qo‘yildi. Budapesht o‘z oldiga qo‘yilgan talablarni anchadan beri bajargan, deb hisoblaydi va bu masalani yechishdagi kechikishlar Yevropa Ittifoqi rahbariyatining Orban boshchiligidagi hukumat pozisiyasini zaiflashtirish istagi bilan bog‘liq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!