Texasdagi qorli bo‘ronlar uyushtirilganmi?

Texasdagi qorli bo‘ronlar uyushtirilganmi?

Amerikaliklar ijtimoiy tarmoqlarda Texasdagi g‘ayritabiiy qorlar haqida turli xabarlarni faol muhokama qilmoqda.

AQSh aholisining fikriga ko‘ra, haddan tashqari sovuq bo‘lgan qor bo‘ronlari - mamlakat prezidenti Jo Bayden yoki Microsoft asoschisi Bill Geytsning ishi. Sababi yaqinda Bill Geyts iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish niyatini e’lon qilgandi.

Tik Tok va Facebook foydalanuvchilari fen va boshqa issiqlik chiqaruvchi moslamalar bilan qorni eritishga uringan videolarni joylashtirmoqdalar. Videolarni yuz minglab tomoshabinlarga tomosha qilmoqda hamda hukumat qorlari heshtegi bilan tarqalgan video lavhalar million martadan ko‘proq ko‘rilgan.

Ammo Bufalo universiteti, sun’iy qor haqidagi ushbu taxminlar haqiqatdan uzoqligini ta’kidladi. Aholini ishontirish uchun esa, sublimasiya hodisasini tushuntirib beruvchi videoni havola etishdi.

Shubhaning paydo bo‘lishiga asosiy sabablardan biri - qor bo‘roni va muzli bo‘ron Texas shtati uchun juda kam uchraydi. Ba’zi odamlar o‘z hayotlarida birinchi marta qorni ko‘rishdi va uning xususiyatlari haqida deyarli hech nima bilishmaydi. Shuning uchun ularda ko‘plab savollar tug‘ilishi tabiiy hol.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!