Tesla bir million avtomobilini qaytarib olmoqchi

A A A
Tesla bir million avtomobilini qaytarib olmoqchi

Elektr avtomobil ishlab chiqaruvchisi Tesla derazalarni avtomatik ochish tizimidagi muammolar tufayli 1,1 million mashinani qaytarib olishga qaror qildi, deb yozadi Reuters.

Eslatib o‘tamiz, bu qaror 2017-2020 yil Model 3, 2020-2021 yil Model Y va 2021-22 yillarda chiqarilgan Model S va Model X ba’zi elektr transport vositalariga ta’sir qiladi. Tesla simsiz dasturiy ta’minotni yangilashni amalga oshirishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, kompaniya xaridorlarning da’volari va shikoyatlariga duch kelmaganligini, shuningdek, ushbu modellar ishlab chiqarilgan yillardagi mashinalar ishtirokidagi halokatli baxtsiz hodisalar yoki jiddiy shikastlanishlar haqida birorta davo haqida xabari yo‘qligini ta’kidlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!