Termizda afg‘onistonliklar uchun qulaylik yaratiladi

Termizda afg‘onistonliklar uchun qulaylik yaratiladi

Ayni vaqtda Afg‘onistonda ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasining Afg‘onistonga tashrifi davomida Termizda Afg‘oniston konsulxonasini ochishga kelishib olindi. 8 iyul kuni qo‘shni davlat prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani «Arg» saroyida O‘zbekiston delegasiyasini qabul qildi.

«Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, birinchi navbatda Afg‘oniston prezidentining 2017 yil dekabrdagi O‘zbekistonga rasmiy tashrifi va yuqori darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi muhokama qilindi. Mazkur yo‘nalishda yirik investision, transport-kommunikasiyaviy, savdo-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Afg‘onistonning Termizda konsullik ochish to‘g‘risidagi murojaatiga roziligi tasdiqlandi», – deyiladi TIV matbuot xizmati xabarida.

Tomonlar Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashishgan.

Muhammad Ashraf G‘ani Afg‘onistonda tinchlik jarayoni o‘rnatishdagi sa’y-harakatlari uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorchilik bildirgan.

Uchrashuvda o‘zbek-afg‘on hamkorligi kun tartibida turgan boshqa masalalar ham muhokama qilingan.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!