Telfoningiz suvga tushib ketdi. Nima qilishni bilasizmi? 

Telfoningiz suvga tushib ketdi. Nima qilishni bilasizmi? 

"Sifrovie platformi" analitik markazining strategik aloqalar bo‘yicha direktori Aleksandra Gavrilova, agar smartfon suvga tushib ketsa va u yoqilmasa, uni qanday saqlab qolish kerakligi haqida tushuntirish berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy telefonlar suvga chidamli va agarda u tezda suvdan chiqarib olinsa, ehtimol unga zarar yetmasligi ham mumkin. Biroq har ehtimolga qarshi, uni o‘chirib faqatgina bir kundan keyin yoqish mumkin. Agar qurilma suvga chidamsiz bo‘lsa va "hayot alomatlari" bilinmasa, uni yoqishga, tugmachalarni bosishga va silkitishga urinishning hojati yo‘q. Bu tizimli platasi yoki alohida qismlarining ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin - telefonning ba’zi elementlarini almashtirib bo‘lmaydi.

"Uni o‘zingiz quritishga urinmang - siz qismlarga zarar yetkazish xavfini tug‘dirasiz. Yaqin joylashgan ustaxonada qurilmani qismlarga ajratib, uning kerakli joylarini tekshirib, quritib berishlari mumkin, bu unchalik qimmat bo‘lmaydi. Bu yo‘lni tanlash orqali siz qimmat qismlarning almashtirilishidan yoki yangi smartfon sotib olishdan saqlanasiz", - deydi Gavrilova.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!