Televizor ustasi muzlatgichdagi pullarni o‘marib ketdi

Televizor ustasi muzlatgichdagi pullarni o‘marib ketdi

2023 yil 9 mart kuni G‘ijduvon tumani «A.Qahhor» mahallasida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan B.L. ismli shaxs o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish maqsadida, G‘ijduvon tumani «Chorsu» mahallasida yashovchi boshqa bir tanishining yashash xonadoniga televizorni tuzatib berish uchun borib, u yerda spirtli ichimlik iste’mol qilib, A.E. ning muzlatgichi ichida bo‘lgan 4.000.000 so‘m pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan noma’lum tomonga yashiringan.

Ushbu holat Buxoro viloyati IIB JXX JTSB PPXB 1-tumanlararo otryad xodimlari tomonidan aniqlagan.

Hozirgi kunda ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!