"Telegram bot" orqali firibgarlik yoxud buzoqning yugurgani somonxonagacha...

"Telegram bot" orqali firibgarlik yoxud buzoqning yugurgani somonxonagacha...

Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 30 yoshli N.N. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 1.000.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan viloyati, Davlatobod tumanida yashovchi 24 yoshli V.A. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko‘ra, V.A. "Telegram" messenjerida "Pullaringizni ikki baravar ko‘paytiring" mazmunidagi havolalarni tarqatib, o‘zi yaratgan "Telegram bot" orqali chuv tushgan fuqarolarning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan va pullarni o‘zlashtirib kelgangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, V.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!