Telegram asoschisi Durov: «Nima uchun WhatsApp hech qachon xavfsiz bo‘la olmaydi?»
Kuni kecha Isroilning NSO Group kompaniyasi WhatsApp himoyasidagi tuynuk dan foydalanib kelayotgani haqida xabar bergandik. Mazkur kompaniya o‘zi aynan josuslik dasturlarini ishlab chiqarishi bilan mashhur.
Shu mashmashalar ortidan VKontakte ijtimoiy tarmog‘ining hamda Telegram messenjerining asoschisi Pavel Durov ham Nima uchun WhatsApp hech qachon xavfsiz bo‘la olmaydi? sarlavhali postida ushbu messenjerni qattiq tanqid qildi.
Durovning ta’kidlashicha, WhatsApp da foydalanuvchining surati, manzili va kontaktlariga kirish imkonini beruvchi tuynuk mavjudligi aniqlanganiga unchalik ham hayron qolmagan. Bu WhatsApp tarixida birinchi bo‘layotgan voqea emas.
Telegram asoschisi ta’kidlagan ikkinchi kamchilik WhatsApp dastlabki kodining yopiqligidir. Ayni shu bois uni xolis dasturchilar, xavfsizlik sohasidagi mutaxassislar tekshirib ko‘ra olishmaydi. Durovga ko‘ra, dasturchilar hatto bu messenjer kodini ataylab chalkashtirib tashlashgan chetdan hech kim uni tushunib qolmasligi uchun. Ayni shu yondashuviga ko‘ra WhatsApp ochiq kodli Telegram messenjeriga qarama-qarshidir.
O‘QING: WhatsApp va Messenger ning asosiy raqibini Sukerberg tan oldi
WhatsApp messenjerining egasi Facebook kompaniyasi ekanligini ham Durov yana bir bor eslatib o‘tgan bu kompaniya AQSh Federal qidiruv byurosi bilan hamkorlikda gumon qilinadi. Durov bu taxminiga asos qilib shuni keltiradiki, Telegram dan farqli ravishda, WhatsApp messenjeri Rossiyada va Eronda bloklanmagan. Demak hukumat uning foydalanuvchilari yozishmalariga hamda shaxsiy ma’lumotlariga kira oladi.
Bulardan tashqari, WhatsApp da xabarlarni shifrlash yo‘lga qo‘yilgan paytda yana bir funksiya chatlarning zaxira nusxasini bulutli serverda saqlab qo‘yish imkoni ham yo‘lga qo‘yilgandi. Durovning fikricha, bu aslida tuzoq bo‘lib, shifrlangan bo‘lishiga qaramasdan, foydalanuvchilarning ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga taqdim etish imkonini beradi.
WhatsApp asoschilaridan birining Facebook bilan kelishmovchilik sababli kompaniyadan ketgan, ikkinchisi esa barchaga mazkur ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlarini o‘chirib tashlashni maslahat bergan. Ularning ikkalasi ham kompromiss uchun o‘z foydalanuvchilarining maxfiyligini sotishgan ligini tan olishgan.
Va nihoyat, WhatsApp keyingi paytlarda Telegram ga kiritilgan yangi funksiyalarni o‘zlashtirib kelayotganiga ham P.Durov e’tibor qaratgan. Bunday holat Facebook hamda uning loyihalari, jumladan Instagram uchun oddiy holdir, deydi u.
Manba: terabayt.uz