Tehron AQShning Afg‘oniston bo‘yicha qarashlari haqida gapirdi

Tehron AQShning Afg‘oniston bo‘yicha qarashlari haqida gapirdi

Eron prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha vakili Hasan Kazemining aytishicha, Qo‘shma Shtatlar mintaqa davlatlari, jumladan, Eron, Rossiya va Xitoyga bosimni saqlab qolish uchun Afg‘onistonning xavfsizlik va barqarorlikka erishishiga to‘sqinlik qilmoqda.

"Ayniqsa, Qo‘shma Shtatlar ISHID terrorchilarini qo‘llab-quvvatlaydi va ularni boshqa davlatlar bilan chegaradosh hududlarda faol bo‘lishga undaydi. ISHID kuchlari Suriya va Iroqdan kelgan xodimlar bilan mustahkamlanmoqda. Qo‘shma Shtatlar terrorchilarni qo‘llab-quvvatlash orqali Afg‘onistonda shu 20 yil davomida o‘zining mavjudligini qonuniylashtirdi. Shuningdek, AQSh go‘yoki Eron afg‘on qochqinlariga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan, degan vaj bilan Tolibonni Eronga qarshi qo‘yishga harakat qildi", — dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!