Xitoylik harbiy ekspert Fu Syanshaoning aytishicha, agar boshqa ogohlantirish shakllari uni tegishli havo hududini tark etishga majbur qilmasa, Xitoy harbiy samolyoti AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga ogohlantirish sifatida tashrif buyurgan samolyoti oldidan raketa otishi mumkin. Bu haqda Global Times yozmoqda.
"Pelosi keladimi yoki yo‘qmi, Xitoy muntazam ravishda dushmanlarni Tayvan bo‘g‘ozidan siqib chiqarish qobiliyatini saqlab turishi va AQSh va Yaponiya aralashuvi natijasida yuzaga keladigan harbiy mojarolarga tayyor bo‘lishi kerak", dedi boshqa xitoylik harbiy ekspert Sun Chjunpin.
Avvalroq, Xitoy Xalq ozodlik armiyasi (XXOA) harbiy-dengiz kuchlarining iste’fodagi zobiti Van Yunfey Pelosiga hamrohlik qilish uchun harbiy samolyotlar jo‘natish uning Tayvanga safariga to‘sqinlik qilishi va AQShga saboq bo‘lishi mumkinligini aytgandi.
Tayvan ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Tayvanga 2 avgust kuni kechki payt kelishi mumkin.
Tayvan masalasi 1949 yilda Xitoy kommunistik Xalq Respublikasi e’lon qilingan va hukmron Gomindan partiyasining bir qismi Tayvanda hokimiyatni o‘rnatganidan beri ochiq. Pekin “yagona Xitoy tamoyili”ni ta’kidlamoqda, unga ko‘ra, Tayvan masalasida XXR va Xitoy Respublikasini bir vaqtda tan olish mumkin emas.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.