Tavba! Egizak opa-singillar o‘z jinsini o‘zgartirib, aka-ukalarga aylanishdi

Tavba! Egizak opa-singillar o‘z jinsini o‘zgartirib, aka-ukalarga aylanishdi

Amerikaning Baltimor shahridan bo‘lgan egizak opa-singillar bir umrlik orzularini amalga oshirishgan emish.

Opa-singil Jennifer va Jeklin Greflar hozirda 23 yoshda bo‘lib, xristian oilasida katta bo‘lishgan, deb yozadi “Daily Mail”. Ularning so‘zlariga qaraganda, egizaklar bolaligidanoq o‘g‘il bolalar bo‘lishni xohlashgan, ammo qo‘rquv sabab hattoki bir-birlariga ham aytishmagan ekan.

5 yil oldin esa bu opa-singillar o‘zlarining transgender ekanliklarini aytib, ismlarini Jek va Jeysga almashtirishgandi. Yaqinda esa ular jinsni o‘zgartirish bo‘yicha qilingan operasiyani ham boshdan kechirishdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Jek hozirda polisiyada sherifning yordamchisi sifatida ishlaydi. Yosh yigitchaning aytishisha, u o‘zini hozirgidan-da baxtliroq his qilmagan. Qayd etilishicha, ularning ma’shuqalari ham bor.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!