Ta’sirli video! Koreyalik erkak vafot etgan xotini bilan uchrashdi (VIDEO)

Ta’sirli video! Koreyalik erkak vafot etgan xotini bilan uchrashdi (VIDEO)

Janubiy Koreyada bir kishi 4 yil oldin vafot etgan xotinining virtual nusxasi bilan uchrashdi.

"Uchrashuv" MBC kanali tomonidan virtual texnologiyadan foydalangan holda suratga olingan "Men siz bilan uchrashdim" hujjatli filmi doirasida bo‘lib o‘tdi.

51 yoshli Kim Chen Suning rafiqasi ko‘p yillar davomida og‘ir kasallik bilan kurashib, vafot etgandi. Uning o‘limidan so‘ng, erkak beshta bolani o‘zi tarbiyalab kelmoqda.

Ayolning virtual nusxasini yaratish uchun mutaxassislarga olti oy kerak bo‘ldi. Maksimal o‘xshashlik uchun xotinning ovozi aktrisaning ovozi bilan birlashtirildi.

Kim Chen Su o‘zining "rafiqasi" bilan virtual bog‘da uchrashdi va keyin ular o‘z uylarida raqsga tushishdi. Texnologiyadan foydalangan holda ayolning virtual nusxasi Kim Chen Suning harakatiga javob qaytara oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!