Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov: "Migrant bo‘lish oson emas. Bu ashaddiy sinov!" 

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov: "Migrant bo‘lish oson emas. Bu ashaddiy sinov!" 

"Migrant bo‘lish oson emas. Bu ashaddiy sinov. Migrantlar muammolarini aysberg singari ko‘zga ko‘ringan qismini muhokama qilayapmiz. Bu muammoni hal qilish uchun kompleks yondashuv bo‘lishi kerak. Chet elda sarson bo‘lib yurgan vatandoshimizni to‘xtatib, Vatanga qaytasanmi, deb so‘rasangiz, qaytaman, menga ish topib beringlar deydi. Halol mehnat bilan daromad topib, oilamni boqaman. Agar shuni ta’minlab bersanglar, hozir qaytaman, bu yerda yashash oson emas, deydi. Migrantlarga yordam berish bo‘yicha keng ko‘lamli davlat dasturi bo‘lishi kerak.

Chet eldagi yurtdoshlarimizni migrant deyishga til bormaydi. Albatta, ularning orasida har xili bor. Lekin ko‘pchiligi vatanparvar, yurtini sevadi, bugun desangiz — bugun qaytishga tayyor. Biz sharoitlarni yaratib berishimiz kerak...

Vatandoshlarimizga qo‘ldan kelguncha yordam beramiz. Lekin muammolarimiz ham yo‘q emas. Moskva okrugidagi konsulxonada 4 nafar xodim ishlaydi. Ular 1,7 mln kishiga xizmat ko‘rsatishi kerak. Shuning uchun ham konsul javob bermadi degan e’tirozlar bor. Konsulxonaga hujum qilamiz, o‘t qo‘yamiz, konsulni osamiz, degan gaplar ham bo‘ldi. Konsullik xodimlari qayerda muammo bo‘lsa, darhol yetib borishga harakat qilayapti...

...Fuqarolarimiz taqdirini yengillashtiradigan qator hujjatlarlarni tayyorlagan edik. Rossiya bilan bir ikkita hujjatlarni imzolamoqchi bo‘lgan edik, lekin ular qabul qilmadi. Juda ko‘p nozik tomonlari bor, buniyam, o‘ylaymanki, senatorlarimiz bilishi kerak. Ular aytayaptiki, to‘g‘ri yozilgan, yaxshi shartnoma. Shartnomani nima qilasiz? Mana, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga to‘liq a’zo bo‘lib kiringlar. Hech qanaqa shartnoma kerak bo‘lmaydi. Ana shunda hamma muammolar o‘z yo‘li bilan hal bo‘lib ketadi... 

Endi YEOII singari institutlarning ko‘plab salbiy, ijobiy taraflari bor, o‘rganib qadam tashlash kerak. Lekin shunaqa muammolar kun tartibida bor".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!