"Tashkilot imijiga putur yetkazishga harakat”: "O‘zbekneftgaz" internetda tarqatilgan ayblovni rad etdi

"Tashkilot imijiga putur yetkazishga harakat”: "O‘zbekneftgaz" internetda tarqatilgan ayblovni rad etdi

Xorijdan turib faoliyat olib boruvchi Eltuz nashrining o‘z manbalariga tayanib iddao qilishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ mansabdorlari tashkilot qaramog‘ida bo‘lgan 169 ta AYOQShning har biridan haftasiga muayyan miqdorda “dolya” olib turadi. Shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlaridan olingan kredit mablag‘lari eski gaz konlariga samarasiz tarzda ishlatib yuborilgan.

Maqolaga “O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Kompaniya bu xabarni “tuxmat, tashkilot rahbari shaxsini haqorat qilish va shu tariqa tashkilot imijiga putur yetkazishga harakat” deb baholagan.

"Jamiyat tasarrufidagi “UNG-Petro” MCHJ hamda jamiyat boshqaruvi o‘rtasida munosabat amaldagi qonunchilik talablari doirasida yuritiladi va qatiy ravishda jamiyat manfaatlari himoya qilinadi. Shu bilan birga, “UNG-Petro” MCHJda tasarrufdagi barcha tashkilotlar singari komplayens nazorati tashkil etilgan bo‘lib, har bir holatga qonunchilik doirasida tezkor ravishda munosabat bildiriladi. Murojaatda keltirilgan holat o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda, barcha zarur choralar ko‘riladi va ma’lumotlar xuquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etiladi.

Kelgusida ham “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi M. Abdullayev rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, xato-kamchiliklarni oldini olish va bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar davom ettiriladi”, deyiladi tashkilot rasmiy munosabatida.

“O‘zbekneftgaz” AJ yuqorida keltirilgan xabarlarini rad etgan holda, ularni chop etish va chop etishdan oldin tekshirishni, shuningdek, yolg‘on va ishonchsiz ma’lumotlarni tarqatganlik uchun respublika va xorijiy davlatlar qonunchiligida tegishli javobgarlik mavjudligini eslatib o‘tgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!