Tasbeh ishlatish bid’atmi?

A A A
Tasbeh ishlatish bid’atmi?

CAVOL: Bir tanishim aytadigan zikrlaringni tasbihda emas, barmoqlaring bilan sanashing kerak, dedi. Zikrlarni aytishda tasbih ishlatishim gunohmi? 

JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Qadim-qadimlardan beri yurtimizda hech ixtilofsiz ishlatib kelingan tasbih yaqin-yaqindan bid’at, harom deydiganlar chiqa boshladi. Dinda bir amalni bid’at yoki harom deyish uchun kuchli dalillar kerak bo‘ladi. Tasbih ishlatishdan man qiladigan bunday dalillar esa mavjud emas. Tasbih ishlatish joiz ekaniga kelgan dalillar inkor etib bo‘lmas darajada quvvatli va ko‘pdir. Sofiya binti Huyay onamiz raziyallohu anhodan rivoyat qilingan sahih hadisda shunday deyiladi: 
دخل علي رسول الله صلي الله عليه وسلم وبين يدي أربعة آلاف نواة أسبح بها قال لقد سبحت بهذه ألا أعلمك بأكثر مما سبحت فقلت بلي علمني فقال قولي سبحان الله عدد خلقه (رواه الإمام الترمذي) 
ya’ni: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam meni oldimga kirdilar, oldimda to‘rt ming dona danak bor bo‘lib, ular bilan tasbih aytar edim. Shunda U Zot: “Senga sen aytayotgan tasbihdan ko‘ra ko‘prog‘ini o‘rgataymi?” – dedilar. Men: “O‘rgating” – dedim. U Zot “Subhanallohi adada xolqihi” – deb ayt, dedilar” (Imom Termiziy rivoyatlari). 
Mazkur hadis tasbih ishlatishni joizligiga dalildir. Zero, bunda Nabiy sallallohu alayhi vasallamning taqrirlari (joiz ishni o‘z o‘rnida qoldirishlari) bor. Agar tasbih ishlatish mumkin bo‘lmaganida Rasul alayhissalom onamizni darhol bu ishdan qaytargan bo‘lar edilar. Onamizni oldidagi danakni ko‘rib indamaganlari bu ishni joizligiga dalil bo‘ladi. (“Mirqotul mafotih” va “Tuhfatul ahvaziy” kitoblari).
Mashhur sahoba Abu Hurayra raziyallohu anhuning xaltachada tosh yoki danaklari bo‘lib, ular bilan “Subhanalloh, subhanalloh” deb tasbih aytar edilar. Toshlar tugagach cho‘rilariga berar, cho‘ri ularni to‘plab xaltachaga solib, yana u kishiga qaytarib berar edi (Imom Ibn Abi Shayba rivoyatlari).
Badrda qatnashgan sahobalardan qirqtasi bilan uchrashib, hadis eshitgan tobein Qosim ibn Abdurrahmondan rivoyat qilinadi: Abu Dardo raziyallohu anhuning bir xaltachada o‘nta atrofida hisoblangan ajva xurmosining danaklari bo‘lib, bomdod namozini o‘qigach, xaltachadan danaklarni birma-bir olib tasbih aytar, danaklar tugagach, birma-bir yana xaltachaga qaytarib solar edi. Doim shu holatda tasbih aytar edilar (Imom Ahmad rivoyatlari).
Yunus ibn Ubayd onasidan rivoyat qiladi: Uning onasi “Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning sahobalaridan bo‘lgan Abu Sofiya degan kishi bizning qo‘shnimiz edi. U kishining tasbih aytish uchun toshchalari bor edi”, degan (Imom Ahmad rivoyatlari). 
Alloma Abdulhay Laknaviy o‘zlarining “Ziynatul fikr fi subhatiz zikr” nomli asarlarida tobeinlarning ulug‘laridan bo‘lgan Hasanul Basriy rahmatullohi alayhdan naql qilib aytadilar: “Hasan Basriydan qo‘llarida hamisha tasbih bo‘lishining sababi haqida so‘ralganida “Biz avvallari (sahobalar davrida) buni ishlatar edik, kelajakda ham buni tark qilmaymiz. Men qalbim, tilim va qo‘lim bilan zikr qilishni yaxshi ko‘raman” deganlar”. 
Mazkur dalillardan ma’lum bo‘ladiki, tasbih ishlatish aslo bid’at emas, balki joiz, hatto mustahab bo‘lgan ishdir. Chunki buni man qiladigan birorta dalil yo‘qdir. Balki sahobalardan kelgan xabarlar tufayli bu ishni qilish marg‘ub amaldir. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo hay’ati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

“Dushmaning xato qilayotganida, unga aslo xalaqit berma”

The Economist Хитой Вашингтоннинг Яқин Шарқдаги ҳаракатларини шунчаки четдан кузатаётганини ёзган

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Eron tomonidan urib tushirilgan AQSh F-15 samolyotining ekipaj a’zolaridan biri qutqarib olindi

Бу ҳақда CBS News америкалик расмийларга таяниб хабар берди.

Eron Tel-Avivga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda

Бу ҳақда Эрон Қуролли Кучлари Бош штаби баёнотида айтилган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.