Tanzila Narbayeva: Yoshlarga oid masalalar ular bilan birga muhokama etiladi

Tanzila Narbayeva: Yoshlarga oid masalalar ular bilan birga muhokama etiladi

Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida nutq so‘zlagan Senat Raisi Tanzila Narbayeva mamlakatimizda yoshlar faollligini qo‘llab- quvvatlashga alohida to‘xtaldi va bugungi yalpi majlisga oliy o‘quv yurtlari talabalari ham taklif etilganligini ma’lum qildi.


“Tez orada yoshlar parlamenti tashkil etiladi. Shuning uchun Senat qo‘mitalari faoliyatiga yoshlar keng jalb etilmoqda”, dedi T.Narbayeva.

Senat Raisi bugungi  yalpi majlisga taklif etilgan Yoshlar ittifoqi faollarini ham qutladi. Bilimdon, intiluvchan va jonkuyar yoshlarning parlament faoliyatiga keng jalb etilishi qonun chiqaruvchi organ ishiga ma’lum darajada yangilik olib kirish, yoshlarga o‘z intilishlarini ro‘yobga chiqarish imkonini berish, qolaversa yosh avlod muammolarini samarali hal qilishni ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!