Taniqli boshlovchi Kandelaki Qirg‘izistonni haqorat qildi

Taniqli boshlovchi Kandelaki Qirg‘izistonni haqorat qildi

Qozog‘iston bilan bo‘lgan janjallardan so‘ng taniqli rossiyalik teleboshlovchi Tina Kandelaki Qirg‘iziston bilan munosabatlarda mojaro qo‘zg‘atdi. Panfilov diviziyasi muzeyining buzilishi unga yoqmadi.

Kandelaki o‘zining TG kanalida muzeyning buzilishi Moskvani nemis qo‘shinlaridan himoya qilgan askarlarning xotirasiga tupurish bo‘lganini yozdi. Uning fikricha, bu rusofobiyaning ko‘rinishi bo‘lib, unga ba’zi G‘arb davlatlari zamin tayyorlagan.

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati rahbari Dayirbek O‘runbekov bunga javoban bunday bayonotlar ikki davlat munosabatlariga putur yetkazadi, dedi. U muzey binosi yaroqsiz holatda ekanligini, uni buzishdan boshqa chora yo‘qligini ta’kidladi.

«Men Tina Kandelakiga bunday bayonotlarni e’lon qilishdan oldin, mamlakatimiz tarixini o‘rganishni, bizga tashrif buyurishni maslahat bermoqchiman, ishonchim komilki, uning fikri 180 daraja o‘zgaradi va u boshqa bunday qilishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi», - deya iqtibos keltiradi RBK.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!