Talabaning o‘qishini sirtqi bo‘limga ko‘chirib berishni va’da qilgan dekan o‘rinbosari ushlandi

Talabaning o‘qishini sirtqi bo‘limga ko‘chirib berishni va’da qilgan dekan o‘rinbosari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti fakultet dekani o‘rinbosari institutning 1-bosqich talabasi X.ning ishonchiga kirib, o‘zining vakolatli tanishlari orqali uning o‘qishini 500 AQSh dollari evaziga kunduzgi bo‘limdan sirtqi bo‘limga ko‘chirib berishini va’da qilib, oldindan 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!