Taekvondochilarimiz Belgiyadagi turnirda 6 ta medal qo‘lga kiritishdi

Taekvondochilarimiz Belgiyadagi turnirda 6 ta medal qo‘lga kiritishdi

Belgiyaning Lommel shahrida taekvondo WT bo‘yicha «Belgian Open» turniri nihosiga yetdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etib, 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Hamyurtlarimizdan barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan Niyaz Pulatov, Ulug‘bek Rashitov hamda Shuhrat Salayev oltin medalga sazovor bo‘lishdi.

G‘olib va sovrindorlar:

Oltin medal:
-68 kg: Niyaz Pulatov
-74 kg: Ulug‘bek Rashitov
-80 kg: Shuhrat Salayev

Kumush medal:
-62 kg: Feruza Sodiqova

Bronza medal:
-49 kg: Madinabonu Mannopova
-87 kg: Nikita Rafalovich


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!