"Tabriklaymiz yutuqqa ega bo‘ldingiz!" yana bir firibgarning telegramda soxta aksiyasi fosh etildi

"Tabriklaymiz yutuqqa ega bo‘ldingiz!" yana bir firibgarning telegramda soxta aksiyasi fosh etildi

Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi, fuqaro A.M. ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjerida noma’lum foydalanuvchi unga «O‘ZAVTOSANOATSERVIS»MCHJ “AS-Servis” avtosalonlar tarmog‘idan "Siz AS-Servis" dan 100.000 so‘m pul mablag‘ini yutib oldingiz" mazmunida xabar yuborib, pullarni olish uchun bank karta ma’lumotlarini so‘rab, bank kartasida bo‘lgan 24.800.000 so‘m pullarini talon-toroj qilganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, firibgarlik yo‘li bilan pullarni o‘zlashtirgan shaxs muqaddam JKning 168-moddasi bilan sudlangan Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi 2002 y.t., A.A. ekanligi aniqlandi.

A.A.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-modda 3-bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!