Tabiiy yo‘qotish va sifat buzilishini kamaytirish uchun meva-sabzavotni qadoqlashni yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi

Tabiiy yo‘qotish va sifat buzilishini kamaytirish uchun meva-sabzavotni qadoqlashni yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi

Prezident raisligida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmoqlarida investisiyalar va eksportni ko‘paytirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida aylanma mablag‘ masalasi, shartnoma qiymatining debitor qarzdorlik sifatida e’tirof etiladigan chegirma summasi chegarasini ko‘tarish, tabiiy yo‘qotish va sifat buzilishini kamaytirish uchun meva-sabzavotni qadoqlashni yaxshilash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, dehqonlardan mahsulotlarni yig‘ib, eksportchilar uchun yetkazib beruvchi ta’minotchilar faoliyatini tartibga solish, importi yuqori bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun import qilinadigan xom ashyoni bojxona to‘lovidan ozod etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Davlatimiz ushbu masalalar yuzasidan tadbirkorlar bilan batafsil fikr almashib, mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.

Meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti bo‘yicha Bosh vazir boshchiligida komissiya tuzilishi belgilandi, eksportni ko‘paytirishda ekin ekishdan boshlab, mahsulotni saqlash, qadoqlash, qayta ishlash va sotish zanjirini to‘liq qamrab oladigan uch yillik katta dastur qabul qilishga qaror qilindi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarning hisoboti va rejalari tinglandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!