Sut mahsulotlari narxi qimmatlashmoqda

Sut mahsulotlari narxi  qimmatlashmoqda

Jahon bozorida sut mahsulotlari narxi  o‘sishni boshladi.

Xususan, joriy yilning 19 may kuni  GDT (Global Dairy Trade) ning 260-kim oshdi savdosida kichik bo‘lsada yuqorilash qayd etildi. Ya’ni sut mahsulotlarning narx  indeksi  musbat 1 foizga oshib, 1 kilogrammi o‘rtacha 2,907 AQSh dollardan baholangan.

Shuningdek, sariyog‘ narxi 1,9 foizga tushgan bo‘lsa,  suvsizlantirilgan sut yog‘i 2,7 foizga o‘sgan. To‘liq sut kukuni narxi  0,5 foizga pasayib, yog‘siz sut kukuni narxi 6,7 foizga oshgan. Laktoza narxi ham 15,6 foizga ko‘tarildi. Kazein narxi 1,9 foizga, "Chedar" pishlog‘i narxi 6 foizga pasaydi.

Umuman, GDT ning navbatdagi kim oshdi savdosida 16 787 tonna sut mahsulotlari sotilgan bo‘lib, bu avvalgi savdolardan 345 tonnaga ko‘pdir. Savdo ishtirokchilarining soni 172 ta.

Ma’lumot  o‘rnida,  Global Dairy Trade forvard shartnomalari aylanmasi bo‘yicha yirik xalqaro savdo platformasidir. GDT kim oshdi savdolarida 100 dan ziyod davlatlar sut  mahsulotlari bilan ishtirok etadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!