Surxondaryolik o‘g‘ri ayol kishi ekan

Surxondaryolik o‘g‘ri ayol kishi ekan

2019 yil 27 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida noma’lum shaxs Sharq Yulduzi mahallasi Qorasuv qishlog‘ida yashovchi T.B.ning uyi eshigini buzib kirib, xonasidan 4 700 000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sharq Yulduzi mahallasida yashovchi L.P. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!