Surxondaryoda YTHga uchragan “Neksiya” yonib ketdi

Surxondaryoda YTHga uchragan “Neksiya” yonib ketdi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan YTHda “Neksiya” mashinasi yonib ketgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 7 iyun kuni sodir bo‘lgan.

29 yoshli haydovchi “Neksiya” mashinasi bilan qayrilib olayotib o‘zi bilan bir yo‘nalishda kelayotgan 23 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Neksiya-2”ning yo‘liga chiqib ketib, u bilan to‘qnashgan.

Oqibatda “Neksiya-2” mashinasida yong‘in yuzaga kelgan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida yong‘in bartaraf etilgan va hodisa rasmiylashtirilgan.

Surxondaryoda YTHga uchragan “Neksiya” yonib ketdi

Qayd etilishicha, hodisada har ikki mashinada bo‘lganlardan hech kim jarohatlanmagan va halok bo‘lmagan. Yonib ketgan “Neksiya-2” jiddiy shikastlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!