Surxondaryoda o‘zganing Matiz'ini olib qochgan o‘ta xavfli residivist 15 yilga qamaldi

Surxondaryoda o‘zganing Matiz'ini olib qochgan o‘ta xavfli residivist 15 yilga qamaldi

Termiz shahrida transport vositasini olib qochishda ayblangan shaxs 15 yil muddatda ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1975 yilda tug‘ilgan shaxs muqaddam bir necha marotaba sudlangan bo‘lishiga qaramasdan, mast holatda haydovchi tomonidan ochiq qoldirilgan mashinani olib qochgan. Ish hujjatlarida aytilishicha, fuqaro olib qochilgan Matiz mashinasida YTHga uchragan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudining hukmiga muvofiq Jinoyat kodeksining 267-moddasida (transport vositasini olib qochish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan o‘ta xavfli residivist 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Bundan oldin Farg‘onada “moyka” xodimi Jizzaxdagi sevgan qizini ko‘rgani borish uchun o‘zganing Lacetti'sini minib qochgani, Toshkentdagi mashina yuvish shoxobchasidan olib qochilgan Nexia-3 Andijondan topilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!