Surxondaryoda Toshkentga kelish yo‘lini qariyb 150 kilometrga qisqartiradigan yo‘l qurilmoqda

Surxondaryoda Toshkentga kelish yo‘lini qariyb 150 kilometrga qisqartiradigan yo‘l qurilmoqda

Surxondaryo viloyatida xalqaro ahamiyatga ega ikkita trassani birlashtiruvchi va Toshkentga yuklar yetkazilish vaqtini qisqartirishga xizmat qiluvchi yangi yo‘l qurilmoqda, deya xabar beradi Transport vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, OTB mablag‘lari hisobidan Surxondaryo viloyatidagi 4R105 «Darband–Boysun–Elbayon» avtomobil yo‘lining 5-70 km (65 km) qismini va 4R100 «Mang‘uzor – Jarqo‘rg‘on – Bandixon – Oltinsoy – Denov» avtomobil yo‘lining 128-174 km (46 km) qismi rekonstruksiya qilinmoqmoqda.

Loyiha doirasida rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yo‘lining umumiy uzunligi 111 km tashkil etadi.

Mazkur avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilinishi bilan Surxondaryo viloyati hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M39 va M41 avtomagistrallari qisqa masofada birlashtirilib, Toshkent shahriga qatnovni amalga oshirayotgan xalqaro va mahalliy avtotashuvchilar uchun mavjud 298 km uzunlikdagi avtomobil yo‘li 146 km qisqartiriladi va natijada masofa 152 km tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!