Surxondaryoda pul mablag‘larini o‘zlashtirgan maktab direktori o‘rinbosari va sobiq huquqshunos aniqlandi

Surxondaryoda pul mablag‘larini o‘zlashtirgan maktab direktori o‘rinbosari va sobiq huquqshunos aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktorining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘quvchilarning ota-onalari to‘lagan 207,7 mln so‘m badal pullarini bank muassasasiga topshirmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlanib, tekshiruv davomida yetkazilgan zararning 115 mln so‘mi undirilishi ta’minlangan.

Shu kabi, Sho‘rchi tuman bo‘limi tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, korxonaning sobiq huquqshunosi I.J. (muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan) 28 nafar fuqaroning elektr energiyasidan qarzdorligini yo‘q qilib berish evaziga 47 mln so‘m naqd pulini qo‘lga kiritganligi aniqlanib, tekshiruv davomida o‘z aybiga iqror bo‘lib 2,2 mln so‘mni qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!