So‘rov: Bayden davrida 44 foiz amerikalikning moliyaviy ahvoli yomonlashgan

AQShning amaldagi prezidenti Jozef Baydenning reytingi yaqinda 19 foizga tushib ketgan. Buni “ ABS News" va “The Washingtonnashrlari o‘tkazgan so‘rov natijalari tasdiqlaydi, deb yozadi “
Tadqot shuni ko‘rsatdiki, Bayden davlat rahbari etib saylanganidan keyin AQSh aholisining 44 foizining moliyaviy ahvoli yomonlashgan. Shu bilan birga, respondentlarning atigi 37 foizi Oq uy egasining faoliyatini ma’qullashini aytgan. Materialda aytilishicha, odamlarning yarmidan ko‘pi - 56% teskari fikrda.
Bayden ma’muriyatining iqtisodiy siyosati amerikaliklarning atigi 30 foiziga mos keladi. So‘rovda qatnashganlarning atigi 23 foizi prezidentning meksikalik muhojirlar bilan bog‘liq muammoni hal qilishga qaratilgan harakatlarini ma’qullaydi.
Bundan tashqari, fuqarolarning 74 foizi amaldagi davlat rahbarining bo‘lajak saylovlarda ishtirok etishini istamaydi. Ularga ko‘ra, Bayden ikkinchi muddatga saylanish uchun juda yoshi katta.
So‘rovda jami 1006 AQSh fuqarosi ishtirok etdi. So‘rov 15-20 sentyabr kunlari o‘tkazildi va so‘rovnomalar ingliz va ispan tillarida to‘ldirildi.