Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Amerika yetakchisi Donald Trampning Ukrainada 30 kunga to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatladi.
U X mikroblogida kecha kechqurun Qo‘shma Shtatlar prezidenti bilan bir necha bor gaplashganini yozdi.
Makronning so‘zlariga ko‘ra, hamkorlar kechikishlarsiz, soxta bahonalarsiz yoki vaqtni cho‘zish taktikasisiz sulhga erishish ustida ishlashi kerak: "Ukraina deyarli ikki oy oldin bunday o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlashini allaqachon bildirgan. Endi Rossiya ham shunday qilishini kutaman. Agar u buni qilmasa, biz barcha yevropaliklar bilan birgalikda va Qo‘shma Shtatlar bilan yaqin hamkorlikda qat’iy javob berishga tayyormiz."
Bir kun avval Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan yangi telefon suhbati o‘tkazdi. Shundan so‘ng u har ikki tomonni 30 kunlik so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan.
Donald Tramp ma’muriyati muzokaralar boshida Kiyev va Moskvani avval jangovar harakatlarni butunlay to‘xtatishga, keyin esa urushni to‘xtatishning tinch yo‘lini izlashga chaqirdi. Ukraina to‘liq sulhga rozi bo‘ldi va Rossiya Federasiyasi ham o‘z roziligini berishi kerakligini ta’kidladi. Kreml buning evaziga vaqtinchalik sulh taklif qildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".
Федерация Кенгашининг конституциявий қонунчилик ва давлат қурилиши қўмитаси раиси Андрей Клишас ҳуқуқий жиҳатдан Совет Иттифоқи энди мавжуд эмаслигини таъкидлади.
АҚШнинг Украина масалалари бўйича махсус вакили Кит Келлог Қўшма Штатлар Украинадаги можарони тинч йўл билан ҳал этиш учун 22 банддан иборат режа ишлаб чиққанини маълум қилди.
Мақолада қайд этилишича, 2023 ва 2024 йилларда Patriot тизимлари Россиянинг баллистик ракеталарини тутиб қолишда нисбатан самарали бўлган. Аммо 2025 йил май ойи охиридан бошлаб Украина бундай ракеталарни уриб туширишда қийинчиликларга дуч кела бошлаган.
Таҳлилчиларнинг ҳисоб-китобларига кўра, бу режани амалга ошириш - деярли бутун Украинани босиб олиш учун 91 йил ва Россия аҳолисининг учдан бир қисмигача талаб этилади.