Super-Neptun tipidagi ekzosayyora topildi

Super-Neptun tipidagi ekzosayyora topildi

Xalqaro astronomlar jamoasi Super-Neptunning noyob tipi sifatida tasniflangan ekzosayyorani topishdi. U Yerdan taxminan olti baravar katta va 35 baravar og‘ir.

Ekzosayyora NASAning TESS kosmik apparati yordamida kashf qilindi, u tranzit usuli yordamida ekzosayyoralarni qidiradi. U Quyoshdan taxminan 26 foizga kattaroq va 12 foizga og‘irroq bo‘lgan G-tipidagi yulduz atrofida aylanadi.

TESS TOI-2498 ni 2018 yil 12 dekabrdan 2019 yil 6 yanvargacha kuzatdi, natijada uning yorug‘lik egri chizig‘ida tranzit signali aniqlandi. Ushbu signalning sayyoraviy tabiati keyingi spektroskopik va fotometrik kuzatishlar bilan tasdiqlandi.

Yangi kashf etilgan sayyora radiusi taxminan 6,06 Yer radiusiga ega va uning og‘irligi 34,62 Yer og‘irligiga teng, bu har kub santimetr uchun 0,86 gramm zichlikni beradi. U o‘z yulduzi atrofida har 3,74 kunda undan taxminan 0,05 astronomik birlik masofada aylanadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, sayyoraning muvozanat harorati taxminan 1443 kelvinni tashkil qiladi. Shunga asoslanib, sayyora Super-Neptun sifatida tasniflangan, deyiladi lenta.ru saytida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!