Sun’iy intellekt "O‘tkan kunlar" romanida ta’riflangan "Otabek va Kumush" personajlarini yaratdi

Sun’iy intellekt "O‘tkan kunlar" romanida ta’riflangan "Otabek va Kumush" personajlarini yaratdi

Abdulla Qodiriyning 1925 yilda yozilgan mashhur "O‘tkan kunlar" romanida ta’riflangan "Otabek va Kumush"ning siymolari sun’iy intellekt yordamida yaratildi.

Sun’iy intellekt siymolarini romanda keltirilgan tariflar asosida shakllantirgan.

Otabek – “og‘ir tabiatlik, ulug‘ gavdalik, ko‘rkam va oq yuzlik, kelishgan, qora ko‘zliq, mutanosib qora qoshli va endigina murti sabz urgan bir yigit” – romanning bosh qahramoni, savdogar, Yusufbek hojining o‘g‘li, bir muddat Toshkentdagi Beklarbegi madrasasida tahsil olgan, yigirma to‘rt yoshda.

Kumush – “quyuq jinggila kiprak”lari ostidan “timqora ko‘zlari” boqib turguvchi, “qop-qora kamon, o‘tib ketkan nafis, qiyiq qoshlari chimirilgan-da, nimadir bir narsadan cho‘chigan kabi” ko‘ringuvchi, “to‘lg‘an oydek g‘uborsiz oq yuz”lik o‘n yetti-o‘n sakkiz yoshlardagi, marg‘ilonlik Mirzakarim qutidor qizi.

Abdulla Qodiriy (Julqunboy)- yozuvchi, shoir, tarjimon, dramaturg, XX asr o‘zbek adabiyotining ulkan namoyondalaridan biri, o‘zbek romanchiligi asoschisi bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!