Shavkat Mirziyoyev: Xorazm shonli tariximiz bilan yangi islohotlar tutashgan chorraha

Shavkat Mirziyoyev: Xorazm shonli tariximiz bilan yangi islohotlar tutashgan chorraha

2 may kuni Urganch tumanida Xorazm viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm shonli tariximiz bilan yangi islohotlar tutashgan chorraha ekanini ta’kidladi.

Logistika zanjiridan uzoqda, tabiiy resurslari cheklangan bu diyorda bultur “kichik va o‘rta biznes yili” bo‘ldi, deyish mumkin. 2024 yili viloyatda 7 ming yangi tadbirkor ish boshlagan, 47 ta korxona kichikdan o‘rtaga o‘tgan. 1 ming 700 ta korxona faoliyati tiklangan. Bularning natijasida viloyatda bir yil ichida 290 ming aholi ishli bo‘lgan.

Lekin oldinda dolzarb masalalar ko‘p. Viloyatda kambag‘allik darajasi hali ham 12 foiz atrofida, 45 ming fuqaro ishsiz. Shuning uchun hokimlar va o‘rinbosarlari har bir imkoniyatni loyihaga aylantirib, yangi ish o‘rinlari yaratishi, sanoat, servis, turizm, qishloq xo‘jaligi, eksport salohiyatini yanada oshirishi zarurligi aytildi.

Davlatimiz rahbari bu sohalardagi imkoniyatlar va ularni ishga solish choralarini ko‘rsatib o‘tdi.

Masalan, yurtimizda turizm eksporti salohiyati 10 milliard dollar bo‘lsa, shuning 2 milliard dollari aynan Xorazmga to‘g‘ri keladi. Afsuski, bu to‘liq ishga solinmayapti.

Viloyat bo‘yicha jami 263 ta madaniy meros obidasi mavjud. Tadbirkorlar bilan hamkorlikda ular turistik maskanga aylantirilsa, qo‘shimcha daromad va ish o‘rinlari bo‘ladi. Shuningdek, chet eldan tajribali arxeologlarni jalb qilib, tarixiy joylarni aniqlash va tiklashga mablag‘ ajratiladi.

Xorazmda 40 dan ortiq hunarmandchilik yo‘nalishlari rivojlangan bo‘lib, sayyohlar mahsulot tayyorlash jarayoniga ham qiziqadi.

Turizmda ovqatlanish joylari juda muhim. Prezidentimiz milliy taomlarimizni chet ellarda tanitayotgan restoratorlarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi. Xorijda o‘zbek restoranlari tashkil qilishda ro‘yxatdan o‘tish, ruxsatnoma va ish yuritish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismi qoplab berilishi belgilandi.

Mehmon o‘rinlari va transport qatnovlarini ko‘paytirish, yangi ko‘ngilochar va tematik maskanlar barpo etish, gid va ofisiantlar tayyorlash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Umuman, bu yil jami 200 million dollarlik 91 ta loyihani bajarish, turizm va xizmatlar sohasida 100 mingta ish o‘rni ochish vazifasi qo‘yildi. 2 million xorijiy va 10 million mahalliy sayyoh jalb qilib, turizm eksportini 700 million dollardan oshirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Iqtisodiyot sohasida ham imkoniyat ko‘p. Bu yil Xorazmda kamida 6 foiz iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, yalpi hududiy mahsulotni 60 trillion so‘mdan oshirish ko‘zda tutilgan. 265 ming aholini band qilib, 104 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqish mo‘ljallangan.

Masalan, xususiylashtirish dasturiga asosan 2025 yilda viloyatda 41 ta davlat binosi, 350 gektar yer uchastkasi savdoga qo‘yilayapti. Bu xizmat ko‘rsatish, turizm va ishlab chiqarish sohalari uchun katta imkoniyat.

So‘nggi sakkiz yilda Xorazmda mebel sanoati 3 karra o‘sdi. Xonqadagi 10 gektar yerda mebelchilik zonasi tashkil etildi. Bu tarmoqni yanada rivojlantirish uchun xorijdan dizayner, marketolog, injener-texnolog olib kelinadi.

Umuman, yurtimizda bu sohaga qo‘shimcha turtki berish uchun maxsus dastur tayyorlash topshirig‘i berildi.

Hozir jahondagi murakkab sharoitda innovasiya va investisiya jalb qilgan davlat yutayapti. Bu borada Xorazmda ham rejalar ulkan. Jumladan, bu yil 900 million dollarlik 12 ta yirik, 480 ta hududiy loyiha ishga tushiriladi. 65 turdagi mahsulot, 5 turdagi uskuna ishlab chiqarilib, mahalliylashtirish hajmi 1,7 trillion so‘mga yetkaziladi. 1,5 milliard dollar xorijiy investisiya jalb etilib, 510 million dollarlik eksport qilinadi.

Masalan, Qo‘shko‘pir tumanidagi 175 gektarda “O‘zbekiston – Xitoy texnoparki” tashkil qilinmoqda. U yerda 1 milliard dollarlik 16 ta investisiya loyihalari bo‘ladi.

Tuproqqal’ada 10 milliard dollarlik gaz-kimyo majmuasining birinchi bosqichi boshlanadi. Unda yiliga 2 million tonna 14 turdagi yuqori qo‘shilgan qiymatli bazaviy polimer mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Xorazmdagi 663 ta qurilish materiallari korxonasi bo‘lib, viloyatning drayver tarmoqlaridan biriga aylandi. Endi ularning mahsulotlari sotilishi moliyaviy choralar orqali qo‘llab-quvvatlanadi. Tarmoqda 100 million dollarlik yana 40 ta loyiha boshlanadi.

Slovakiya kompaniyasi tomonidan Tuproqqal’a tumanida 170 million dollar hisobidan raps o‘simligi yetishtirish va undan bioetanol ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida 60 million dollarlik 56 ta loyiha ishga tushiriladi. 3 ming 400 gektar yer qayta foydalanishga kiritiladi. 1 ming 200 gektar sanoatlashgan mevali bog‘lar tashkil qilinadi.

Avstriyaning “Bauer” kompaniyasi bilan Xorazmda 7,5 ming gektarda yomg‘irlab sug‘orishni joriy qilish rejalashtirilgan. Bunda fermerlarga shunday texnikalar tayyor o‘rnatilib, lizing asosida so‘mda yillik 2,5 foiz stavkada 10 yil muddatga beriladi.

Xorazmlik fermerlar tannarxni tushirish uchun izlanib, traktorga zamonaviy “avtopilot” o‘rnatgan. Natijada chigit to‘liq aniqlikda ekiladi, sifat oshadi. Bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozli kredit berilishi qayd etildi.

Viloyatda ekin maydoniga suv chiqarish oson emas. Respublikadagi nasoslarning 21 foizi shu yerda joylashgan. Ularga quyosh paneli o‘rnatib, elektr xarajatini iqtisod qilish muhimligi ta’kidlandi.

Baliqchilikni rivojlantirish, sutni qayta ishlash, dalalarda qo‘shimcha mahsulotlar yetishtirish chora-tadbirlari belgilandi.

Aholi farovonligini oshirish maqsadida bunyodkorlik ishlari ham rejalashtirilgan. Jumladan, bu yil 7 ming xonadonli 200 ta ko‘p qavatli uy quriladi, 1,5 ming kilometr yo‘l va 20 ta ko‘prik ta’mirlanadi. Bu sohada 20 ming nafar aholi ish bilan ta’minlanadi.

Ijtimoiy sohalarni rivojlantirish vazifalari ham ko‘rsatib o‘tildi. Tibbiyot maskanlari va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini ko‘paytirib, aholini sog‘lomlashtirish, texnikum va oliygoh talabalarini dual ta’limga qamrab olish, yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda belgilangan chora-tadbirlarni bajarish rejalari yuzasidan mutasaddilarning axboroti eshitildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Chechen qo‘mondonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid: “Ruslarni o‘ldirish uchun kelgan xorijliklar yo‘q qilinadi!”

Чеченистоннинг "Ахмат" махсус кучлари қўмондони Апти Алаудинов Украинадаги урушда қатнашаётган жангчилар ҳақида баёнот берди.

Eron jasorat ko‘rsatmoqda

"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".

Rossiyada yakun yasaldi: SSSR yo‘q bo‘ldi

Федерация Кенгашининг конституциявий қонунчилик ва давлат қурилиши қўмитаси раиси Андрей Клишас ҳуқуқий жиҳатдан Совет Иттифоқи энди мавжуд эмаслигини таъкидлади.

Fermer "er kovlab," o‘z maydonidan oltin topdi

Тахминий ҳисоб-китобларга кўра, унинг ерларида 150 тоннага яқин олтин мавжуд.

Lavrov "Bunday so‘zlarni aytish uchun surbet odam bo‘lish kerak”

Жумладан, ГФРнинг янги канцлери жаноб Мерцнинг Германия яна Европага раҳбарлик қилиш вақти келгани ҳақидаги нутқи.

XXR Daniyaga Rossiya bilan hamkorlikni to‘xtatish chaqirig‘iga "shapaloq" bilan javob qaytardi

Хитой Халқ Республикаси Россия билан ҳамкорликдан воз кечиш чақириғига жавобан Данияга "дипломатик шапалоқ" туширди.

Medvedevning xayollari

Медведев Украина харитасини намойиш қилди.

Ruslar Kupyanskni yer bilan yakson qildi

Маъмурият раҳбарининг сўзларига кўра, ҳудудда тахминан 1700 нафар фуқаро қолган.

Toshkentda 49 yoshli shilqim qaynota qamaldi

Мазкур ҳолат юзасидан суд иши ЖИБ Янгиҳаёт туманида кўриб чиқилди.

Rossiya qozog‘istonliklarni kiritmayapti

Қозоғистонликлар Россияга киришда тобора кўпроқ тақиқ олмоқда. "Адолат йўли" уюшмаси ижрочи директори Дидар Смагулов шундай вазиятга дуч келди.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

Ukraina Rossiyaning muhim harbiy ob’ektlariga zarba berdi

Украина мудофаа кучлари Россия ҳарбий-саноат мажмуаси учун муҳим бўлган объектларга, хусусан, "Радуга" заводига зарба беришга муваффақ бўлди.

Tramp Rossiya va Xitoy bilan katta kelishuv tuzmoqchi – New York Times

Нашрга кўра, буларнинг барчаси янги уч қутбли дунё тизимини шакллантиришга бўлган интилишдан далолат беради.

Filipp Kirkorovning kasalxonaga yotqizilganidan keyingi ahvoli ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Телеграмдаги Маш канали тиббиёт доираларидаги манбасига таяниб хабар берди. Маълумотларга кўра, хонанда соғайиб бормоқда.

Davlat departamenti: AQSh Rossiyaning Ukrainaga javob zarbalaridan xavotirda

АҚШ Давлат департаменти расмий вакили Тэмми Брюс Вашингтон Россиянинг Украинага берган жавоб зарбаларидан хавотирда эканини айтди.

Tramp Kanada hukumatini o‘ylantirib qo‘ydi

Трампнинг сўзларига кўра, Оттава бу таклифни кўриб чиқмоқда.

Eron uranni boyitishni to‘xtatishga tayyor

АҚШ илгари уранни бойитишни бутунлай тўхтатишни талаб қилган эди, чунки у ядро қуроли яратишда ишлатилишидан хавотирда эди. Теҳрон эса бу айбловларни бир неча бор рад этган.

Argentina prezidenti Xaver Miley AQSh vazirini oltin benzin arra bilan kutib oldi — siyosatda yangi ramz!

27 май куни кечқурун у Аргентинага ташриф буюрди. Музокара давомида Милей ва Кеннеди, жумладан, "сиёсат ва коррупциядан холи бўлган" Жаҳон Соғлиқни Сақлаш Ташкилотига муқобил ташкилот яратиш масаласини муҳокама қилди.

Germaniya to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushga aralashmoqda

Россия Германиянинг Украина учун ракеталар учиш масофаси бўйича чекловларни бекор қилгани ҳақидаги маълумотларни текширади. Лавровнинг айтишича, Германия тўғридан-тўғри урушга аралашмоқда.

Narkoz ostida zo‘rlangan bolalar: jarroh 20 yilga qamaldi

Шифокор 299 нафар беморга нисбатан зўрлаш ва бошқа жинсий зўравонлик ҳаракатларини содир этган, уларнинг 256 нафари 15 ёшдан кичик болалар бўлган.

Tramp Netanyahuni ogohlantirdi

Эронга қарши ҳар қандай ҳаракат музокараларни издан чиқариши мумкин.

Putinning Ukraina urushini to‘xtatish uchun qo‘ygan qat’iy talablari oshkor bo‘ldi!

Путин Украина урушини тўхтатиш учун Ғарбдан ёзма мажбурият талаб қилмоқда!

“Ukraina NATO sammitida bo‘lmasa, Putin yutadi”

Украина июн ойида ўтказиладиган NATO саммитида иштирок этиши керак.

Berlindan "uzoq masofali salom"

Украинада немис қуроллари ишлаб чиқарилади — Германиядан тарихий қадам.

Yaqin yillar ichida Kaliforniyada halokatli zilzila yuz berishi mumkin

USGS вакили Сара Минсоннинг сўзларига кўра, Сан-Францискода 2055 йилгача Big One деб аталаётган кучли зилзиланинг содир бўлиш эҳтимоллиги 72 фоизга етган.

Fransiyada evtanaziya haqida qonun qabul qilindi

Франция Миллий Ассамблеясининг 305 нафар аъзоси шифокорлар ёрдамида ўз жонига қасд қилишни қўллаб-қувватлаган

Rossiyada 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi

Шунингдек, воқеа юзасидан қасддан баданга ўртача оғирликдаги тан жароҳати етказиш ҳолати бўйича жиноят иши қўзғатилган

“Qamchiq” dovonida “Gentra” xandaqqa tushib ketdi

Яна бир автомобиль – “Мерседес” ҳайдовчиси бошқарувни йўқотиб, йўл ўртасидаги темир тўсиққа урилган.

SWS3 — Xitoyning dronlarga qarshi qo‘rqinchli javobi

Хитой дронларга қарши янги зенит-ракета-тўп мажмуасини яратди.

Asirlikda halok bo‘lgan 200 nafar askar: jonlar hisobidagi urush haqiqati

Уруш бошланганидан бери Россия асирлигидаги 200 дан ортиқ украиналик аскар ҳалок бўлди.

AQShning rejasi bor, ammo u hech kimga ma’qul kelmayapti

АҚШнинг Украина масалалари бўйича махсус вакили Кит Келлог Қўшма Штатлар Украинадаги можарони тинч йўл билан ҳал этиш учун 22 банддан иборат режа ишлаб чиққанини маълум қилди.

Toshkent shahrida 800 nafar fuqaro uy olaman deb 200 mlrd so‘mdan ortiq pullaridan ayrildi

Мазкур жиноят иши доирасида 800 нафар фуқаролар жабрланувчи деб топилган бўлиб, умумий 209 млрд. 263 млн. сўм зарар аниқланган.

Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi

Қайд этилишича, мазкур ҳолат Наманган вилояти Чортоқ туманидаги 48-умумтаълим мактабида содир бўлган.

Liverpulda avtomobil odamlarni bosib ketishi oqibatida 27 kishi jarohatlandi

Маҳаллий ҳокимият расмийларининг хабар беришича, қолган жабрланганларга ҳодиса жойида тиббий ёрдам кўрсатилган.

Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 ichidagi 19 yoshli haydovchisi bilan yonib ketdi

Қутқарув экипажи ҳодиса жойига етиб борган, ёнғин қутқарувчилар ва фуқаролар томонидан ўчирилган.

22 yoshli qizni fohishalik uchun Rossiyaga jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Ҳозирда ушбу ҳолат юзасидан “одам савдоси” моддаси бўйича жиноят иши қўзғатилди.