Sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabul natijalari qanday bo‘ldi?

A A A
Sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabul natijalari qanday bo‘ldi?

Prezident Xalq qabulxonalari Mirzacho‘l, Paxtakor, Baxmal, Zomin tumanlari va Jizzax shahrida sud-huquq masalalari bo‘yicha tashkil qilgan ommaviy qabullar platformasi viloyatning eng olis, chekka hududlari aholisi uchun o‘zlarini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish, rahbarlar uchun esa o‘z sohalari bo‘yicha hududdagi tizimli muammolarni aniqlash imkonini berdi. Prezident Administrasiyasi mas’ullari, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi rahbarlari har bir murojaatda aytilgan masalani shu sohaga daxldor mutasaddilar ishtirokida ochiq-oshkora, batafsil muhokama qildi.

Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi mas’ullari uch kunlik qabullarda 559 ta ariza-yu shikoyatlarni ko‘rib chiqar ekan, ularning 171 tasiga joyida yechim topdi. Ya’ni 171 nafar insonning jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlar bilan bog‘liq masalasi hal qilindi, 171 ta oilaning katta tashvishlari aridi. Muammosi hal bo‘lgan insonlarning o‘ylariga, his-tuyg‘ulariga, fikrlariga quloq tutib, inson nimaniki boy bersa shuning qadriga ko‘proq yetishiga bot-bot amin bo‘ldik. Aslida ham aybini tushunib yetgan, qilmishiga pushaymon odam hamisha o‘zini kechirishlariga, unga yana bir imkon berilishiga umid qilib yashaydi. Ayni shu umid-ishonch qabulga boshlab kelgan insonlarning o‘zi yoki yaqinlarining murojaatlari sinchiklab o‘rganilgach, jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar, Sharof Rashidov, Baxmal, Mirzacho‘l, Arnasoy, Zafarobod, Paxtakor, Zomin tumanlari sudlari tashkil qilgan sayyor sud majlislarida 55 ta ish ko‘rib chiqildi, ularning barchasi – 55 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin shartli ozod qilindi. Ya’ni ularga o‘z hayotini o‘nglab olishi uchun yana bir imkoniyat berildi, bu shartli ozodlikka chiqishning sharti esa bitta – boshqa jinoyat yo‘liga kirmaslik, huquqbuzarlik sodir etmaslik. Aks holda keyingi gal beriladigan jazo yanada og‘irroq bo‘ladi.

Murojaatlar asosida jinoyat ishlari bo‘yicha Zafarobod va Paxtakor tumanlari sudlaridagi sud majlislarida ko‘rib chiqilgan ishlar natijasida esa 7 nafar shaxsga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazolari yengilrog‘i bilan almashtirildi. Bo‘kalik Umidjon Mamajonov sodir qilgan bezorilik jinoyati uchun qamoq jazosini o‘tayotgan edi. Uning jazoni yengillashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomasi sudda ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi – qamoq jazosi axloq tuzatish ishlariga almashtirildi.

Jizzax viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati esa paxtakorlik Azamat Xudoyberdiyevning aybini to‘liq tushunib yetgani va oilasida yagona boquvchi ekanini inobatga olib, ungaa nisbatan tayinlangan ma’muriy qamoq jazosini jarima jazosiga almashtirdi. Shu bilan birga qabullardagi muloqotlar natijasida 36 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar sud majlisida ko‘rilib, ularning arizasi qanoatlantirildi. Ya’ni 36 kishi ma’muriy javobgarlikdan ozod qilindi, bitta shikoyat bo‘yicha sud qarori ijrosi to‘xtatildi.

Shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar 16 nafar shaxsning aliment, 13 kishining ish haqini, 3 nafar murojaatchining moddiy-ma’naviy zararni, 3 nafar shaxsning qarz, ta’minot va kompensasiya undirish, 8 ta holatda yuridik ahamiyatga ega faktlarni belgilash bo‘yicha arizalarini qanoatlantirdi. Taraflar yarashganligi sababli aliment undirish haqidagi 2 ta sud buyrug‘i bekor qilindi, 3 ta holatda da’vogar da’vosidan voz kechganligi bois mazkur sud ishlari yuritishdan tugatildi. Ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbatlar olib borilib, 5 ta oila yarashtirildi, voyaga yetmagan 10 nafar farzandning hayotiga darz ketishining oldi olindi. Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudi 5 nafar tadbirkorning 148,55 million so‘mlik da’vo talablarini qanoatlantirdi.

Uch kunlik qabullarda kelib tushgan 103 ta murojaat bo‘yicha arizalar kassasiya tartibida ko‘rib chiqish uchun Oliy sudning tegishli sudlov hay’atiga o‘tkazildi. Bu – 103 nafar murojaatchining ishini Oliy sudga taqdim qilish uchun azza-bazza yo‘l bosib poytaxtga kelib-ketishining oldi olindi, shu bilan birga, ular mazkur sud ishlari bilan bog‘liq barcha savollari yuzasidan Oliy sud mas’ullari bilan yuzma-yuz gaplashib oldi deganidir.

Deylik, baxmallik Nurbek Ankaboyevning arz qilishicha, u 2013 yil hududdagi bir jinoyat hakida xabar berib, boshiga balo orttirgan, hatto 3 yil umrini panjara ortida ham o‘tkazgan. U Oliy suddan ishni qayta ko‘rib chiqib, barcha holatga qonuniy baho berishni so‘ramoqda. Murojaatidan so‘ng bu ariza asosidagi ish ham Oliy sudda qayta ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.

Bosh prokuratura mutasaddilari ko‘rib chiqqan 185 ta masalaning 22 tasi joyida hal qilindi. Deylik, zominlik Nargiza Tog‘ayevaning murojaatidan so‘ng shu kunning o‘zida unga 3 oylik aliment pullari undirib berildi, qo‘shimcha daromad topishi uchun tikuv mashinkasi ham sovg‘a qilindi.

Nazira Tojiboyeva 2018 yilda Jizzax shahridagi uy-joyi, Toji Muslimova va Zuxra Sangilova esa 7 yil avval viloyat markazida joylashgan savdo do‘konlari buzilgani uchun kompensasiya puli berilmayotganidan shikoyat qilib keldi. Bu masalalarni viloyat hokimligi bilan o‘rganib chiqish va hal qilish bo‘yicha Jizzax viloyati prokuraturasiga aniq muddatli topshiriq berildi. Baxmallik Rustam Turdiyevning nabirasi Akram Abdusattorov nohaq ishdan bo‘shatib yuborilgani haqidagi arizasi ham murojaatchi ishtirokida batafsil o‘rganiladigan bo‘ldi.

Ichki ishlar vazirligi mas’ullari ko‘rib chiqqan 78 ta masalaning ham 24 tasi shu yerda hal qilib berildi. Deylik, Orif Alimovning murojaatidan so‘ng uning ichki ishlar xodimi bo‘lishni niyat qilgan jiyani Azizbek Odilovga Ichki ishlar akademiyasiga o‘qishga tavsiyanoma beriladigan, Gulbahor Ahmedovaning esa nevarasini xorijda ishlayotgan qiziga, ya’ni bolani onasining oldiga olib borib berishi uchun pasport-viza bilan bog‘liq muammolarini hal qilishda ko‘mak ko‘rsatiladigan bo‘ldi. Sog‘lig‘ini tiklash uchun Hindistonga borishi lozim bo‘lgan baxmallik Sherali Qoraqulov va uning turmush o‘rtog‘iga xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirib berildi.

Forishlik Komila Ermonova esa bu galgi ommaviy qabulga rahmat aytish uchun keldi. Sababi bu ayol 3 yil avval firibgarlarga duch kelib, Jizzax shahri “Zilol” mahallasidagi uyidan ayrilishiga bir bahya qolgan, o‘tgan yili o‘tkazilgan xuddi shunday muloqotlardagi murojaatidan so‘ng esa ichki ishlar organlari jinoyat ishi ochgan edi. Shu yil mart oyida sud bu ishni ko‘rib chiqdi va sud hukmi bilan Komila Ermanovaning o‘z uyiga egalik huquqi tiklandi. Muloqotlarda ayolga sud qarorini ijrosini ta’minlashda ham ko‘mak ko‘rsatilishi ta’kidlandi.

Muloqotlar davomida barcha tashkilot-idoralarning birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida 47 nafar murojaatchi ishga joylashtirildi, ijtimoiy himoyaga muhtoj 20 nafar fuqarolarga tikuv mashinkalari va elektr payvandlash uskunalari berildi, “temir daftar”dagi 60 ta oilaning to‘planib qolgan 1,6 milliard so‘mlik ipoteka krediti qarzdorligi mahalliy byudjetdan qoplab beriladigan bo‘ldi.

Jizzax viloyatida o‘tkazilgan ommaviy qabullarda 1 ming 67 nafar murojaatchining 1 ming 156 ta masalasi ko‘rib chiqildi. Ularning 315 tasi joyida hal etildi, 275 ta murojaat bo‘yicha huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 566 ta masala bo‘yicha Xalq qabulxonalari tomonidan aniq muddat va mas’ullar belgilanib, nazoratga olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчи Винисиус Жуниор талабларини бажармоқчи эмас.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Hasanboy Do‘smatov navbatdagi rejasi haqida gapirdi va pulni nimaga sarflashini aytdi

Кеча Жаҳон чемпионатида ўзининг иккинчи олтин медалини қўлга киритган Ҳасанбой Дўсматов финалдан кейинги таассуротлари билан ўртоқлашди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Germaniya kansleri Putinni Gitlerga qiyosladi

Агар Украина таслим бўлса, уруш шу билан тўхтамайди.

Avstraliyada Xanuka bayramini nishonlayotgan yahudiylarga hujum yuzasidan Isroil bosh vaziri munosabat bildirdi

Сизнинг ҳукуматингиз эса антисемитизмга қарши ҳеч нарса қилмади, деган Нетаняху.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.