Stulda namoz o‘qishning qanday tartib va odoblari bor?

A A A
Stulda namoz o‘qishning qanday tartib va odoblari bor?

Bugungi kunda masjidlarimiz xonaqohlarida bir yoki bir nechta kursilar (stullar) qo‘yilganini ko‘rib qolamiz. Bu kursilar biror uzr sababli namozni tik turib o‘qiy olmaydigan, shuning uchun o‘tirib namoz o‘qiydigan birodarlarimiz uchun qo‘yilgan bo‘ladi. Odatda quvvat yo‘qligi, bemorlik va shu kabi uzrli sabablar tufayli namozxonlarimiz kursiga o‘tirib namoz o‘qiydilar. Biroq, namozni o‘tirib o‘qish uchun uzrli holatlarning ham o‘ziga yarasha qonun-qoidalari bor, faqih ulamolarimiz bu masalalarni ham chuqur o‘rganib, ularga oid hukmlarni batafsil bayon qilishgan.

Kursi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonlaridan avvalda ham, sahobalar, taba’a tobe’inlar zamonlarida ham bor edi. Ularning davrida jangu jadallar ko‘p bo‘lgan. Kimningdir oyog‘i kesilib, qiyomga qodir bo‘lmagan, boshqasini beli singan, yana birining boshi jarohatlanib, sajda qila olmagan. Shunday bo‘lsa-da, ularning birortasi kursida o‘tirib namoz o‘qigani rivoyat qilinmagan. Ularning barchalari yerga o‘tirib namoz o‘qiganlar. "Al-mu’jamul avsat" kitobida bunday deyilgan:

عن عبيد الله بن عمر رَضِي اللهُ عَنْهُ، عن نافع ، عن ابن عمر قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : " من استطاع منكم أن يسجد فليسجد ، ومن لم يستطع فلا يرفع إلى جبهته شيئا ليسجد عليه ، ولكن ركوعه وسجوده يومئ برأسه "

Tabaroniyning "Al-mu’jamul kabir" kitobida Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ashoblaridan biri bemor bo‘lganida uni ko‘rishga bordilar. Men u zot bilan birga edim. Uning huzuriga kirsak, oldiga bir yog‘ochni qo‘yib, peshonasini unga qo‘yib namoz o‘qiyotgan ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga ishora qilgan edilar, u yog‘ochni tashlab yuborib, yostiqni oldi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Qo‘y uni. Agar yerga sajda qila olsang, shunday qil. Qila olmasang, ishora qilib o‘qigin, sajdangni esa ruku’ingdan pastroq qilgin", dedilar.

Abu Hanifa rahmatullohi alayhning zamonlaridan tortib, mutaaxxir fuqaholarning zamonigacha birorta faqih "kursida o‘tirib namoz o‘qish" degan masalani bayon qilgan emas. Chunki namoz ulug‘ bir ibodat bo‘lib, banda bu ibodatda Robbining huzurida o‘zining ojizligi, siniqligini, xorligini izhor qiladi. Kursida o‘tirish esa izzat hisoblanadi.

Agar biror sabab tufayli odam umuman yerga o‘tira olmasa, uning kursida o‘tirishi mustasno. Chunki o‘tirishga ojiz bo‘lgan kishiga yotib namoz o‘qishga ruxsat berilgan. Nochor holatdagina kursiga o‘tirib, ishora bilan namoz o‘qishga ijozat bor. Masalan, jarrohlik amaliyotidan so‘ng faqatgina kursida o‘tirib o‘qish qulay bo‘lsa, ana shunday majburiy holatlardagina bunga ijozat beriladi. Lekin bemor odam masjidga o‘zi yurib kelsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bemorliklarida o‘tirib namoz o‘qiganlaridek o‘tirishga qodir bo‘lsa, safni tekis qilishdek vojib amalga xilof qilib, safdan oldinga yoki orqaga o‘tib ketish joiz emas. Chunki kursida o‘tirgani uchun safdan orqaroqda turib, keyingi safda turgan kishining sajda qiladigan joyini egallab olishi yoki safdagi o‘rnini bo‘sh qoldirib, safdan oldinga chiqib o‘tirib olishi mutlaqo joiz emas.

  1. Kim biror uzri yoki bemorligi tufayli tik turishga qodir bo‘lmasa yoki tik tura olsa ham, yiqilib tushishi mumkin bo‘lsa yo holati shar’an uzrli deb baholaydigan darajada nochor bo‘lsa (mohir (tajribali) musulmon shifokor «Tik tursangiz, dardingiz ziyoda bo‘ladi ‎yoki sog‘ayishingiz kechikadi» desagina holatni shar’an uzrli deyish mumkin‎), yoki tik turganda chidab bo‘lmaydigan og‘riq tursa yoki boshi aylansa, bu holatlarning barchasida o‘tirib namoz o‘qish joiz.

Bu haqda «Durrul muhtor»ning muallifi quyidagilarni keltiradi:

(مَنْ تَعَذَّرَ عَلَيْهِ الْقِيَامُ) أَيْ كُلُّهُ (لِمَرَضٍ) حَقِيقِيٍّ وَحَدُّهُ أَنْ يَلْحَقَهُ بِالْقِيَامِ ضَرَرٌ بِهِ يُفْتَى (قَبْلَهَا أَوْ فِيهَا) أَيْ الْفَرِيضَةِ (أَوْ) حُكْمِيٍّ بِأَنْ (خَافَ زِيَادَتَهُ أَوْ بُطْءَ بُرْئِهِ بِقِيَامِهِ أَوْ دَوَرَانَ رَأْسِهِ أَوْ وَجَدَ لِقِيَامِهِ أَلَمًا شَدِيدًا.. صلى قاعدا

Bir kishining namozdan oldin yoki namoz ichida (farz namozida) kasalligi ziyoda bo‘lsa yoki tik turgani uchun dardining tuzalishi kechiksa (bu holatning oxirgi chegarasi tik tursa zarar yetishidir, shunga fatvo berilgan), boshi aylansa yoki tik tursa qattiq og‘riq turgani uchun (kabi hukmiy kasallik sababli) tik turishi uzrli bo‘lsa, o‘tirib o‘qiyveradi.

Qiyomni soqit qiluvchi uzrlar

Qiyomni ikki narsa soqit qiladi:

* tik turishga umuman qodir bo‘lmasa.

* tik tura olsa ham, hoziq tabib turishni man qilgan bo‘lsa yoki tik turgani uchun kasali kuchaysa, boshi aylanib yiqilishi mumkin bo‘lsa yoki kasalining tuzalishi kechiksa yoki qattiq og‘riq tursa.

  1. Tik turgani sababli paydo bo‘ladigan og‘riq yengil bo‘lsa, chidasa bo‘ladigan darajada bo‘lsa, shar’an o‘tirib o‘qishga uzr bo‘la olmaydi. Bu holatda o‘tirib o‘qigan namoz durust bo‘lmaydi.

وإن لم يكن كذلك (أي بما ذكر) ولكن يلحقه نوع مشقة لا يجوز ترك القيام. (التاتارخانية).

وَإِنْ قَدَرَ عَلَى بَعْضِ الْقِيَامِ ) وَلَوْ مُتَّكِئًا عَلَى عَصًا أَوْ حَائِطٍ ( قَامَ ) لُزُومًا بِقَدْرِ مَا يَقْدِرُ وَلَوْ قَدْرَ آيَةٍ أَوْ تَكْبِيرَةٍ عَلَى الْمَذْهَبِ لِأَنَّ الْبَعْضَ مُعْتَبَرٌ بِالْكُلِّ

Agar bunday (ya’ni yuqorida zikr qilingandek) bo‘lmasa, ammo biror mashaqqat yetishi mumkin bo‘lsa, o‘tirib o‘qish joiz bo‘lmaydi («Tatarxoniya»).

Agar (hassaga yoki devorga suyanib bo‘lsa ham) ozgina turishga qodir bo‘lsa, (imkoni boricha, hanafiy mazhabiga ko‘ra bir oyat yoki bir takbir miqdoricha) tik turib o‘qiydi (chunki ozgina miqdorda turish ham to‘liq turish hisoblanadi).

Qiyomga qodir bo‘lmasa

  1. Kim yuqoridagi sabablar tufayli tik turishga qodir bo‘lmasa, lekin o‘tirgan holda ruku’, sajda qilib namoz o‘qishga qodir bo‘lsa, yerga o‘tirgan holda ruku’ va sajda bilan namoz o‘qiydi. Bundan boshqa suratda o‘qish joiz emas.

وإن عجز عن القيام وقدر على القعود، فإنه يصلي المكتوبة قاعداً بركوع وسجود، ولا يجزئه غير ذلك(التاتارخانية).

Tik turishga imkoni bo‘lmay, o‘tirishga qodir bo‘lsa, farzlarni o‘tirgan holda ruku’ va sajda qilib o‘qiydi. Bundan boshqacha suratda o‘qish joiz emas («Tatarxoniya»).

  1. Bir odam o‘tirgan holda ruku’ va sajda qilib namoz o‘qishga ham qodir bo‘lmasa, o‘tirgan holda ishora bilan o‘qishi farz bo‘ladi, bunday odam sajda ishorasini ruku’ ishorasidan pastroq qiladi. O‘tirgan holati tashahhud holatida bo‘lishi shart emas. Qanday o‘tirish o‘ziga qulay bo‘lsa, shunday o‘tiraveradi.

وإن عجز عن الركوع والسجود وقدر على القعود فإنه يصلي قاعداً بإيماء، ويجعل السجود أخفض من الركوعظ.

Ruku’ va sajda qila olmasa, faqat o‘tirishga qodir bo‘lsa, o‘tirgan holda, sajdani ruku’dan pastroq qilib, imo-ishora bilan o‘qiydi.

  1. Bir kishi o‘zi o‘tira olmasa, lekin devor, odam yoki boshqa biror narsaga suyanib o‘tirishga qodir bo‘lsa, suyangan holda namoz o‘qishi shart, yotib olib o‘qishi mumkin emas.

إذا لم يقدر على القعود مستوياً، وقدر عليه متكئاً، أو مستنداً إلى حائط أو إنسان، أو ما أشبه ذلك، قال شمس الأئمة الحلواني رحمه الله: قال مشايخنا رحمهم الله: يجزىء أن يصلي قاعداً مستنداً أو متكئاً، لا يجزئه أن يصلي مضطجعاً.

To‘g‘ri o‘tirishga imkoni bo‘lmay, devorga yoki biror odamga yoki shunga o‘xshash narsalarga suyanib o‘tira olmasa, bu borada Shamsul Aimma Al-Hulvaniy rohimahullohning aytishicha, mashoyixlarimiz «Suyangan holda o‘tirib o‘qishi joiz bo‘ladi. Yotgan holda o‘qishi esa joiz emas», deganlar.

 

O‘tirishga ham qodir bo‘lmasa

  1. Agar odam har qanday holatda ham o‘tirishga qodir bo‘lmasa, yotgan holida, ishora bilan namoz o‘qishi farzdir. Bunda bemor ikki oyog‘ini qibla tomonga uzatib, qodir bo‘lsa ikki tizzasini bir oz bukkan holda, ruku’ va sajdani boshi bilan ishora qilib o‘qiydi. Bosh tomonini bir oz ko‘tarib qo‘yilsa, yuzi osmonga qaragan bo‘lmaydi. Shuningdek, yuzini qiblaga qaratgan holda o‘ng yoki chap yonboshi bilan yotib ishora bilan namoz o‘qisa ham bo‘ladi.

وَإِنْ تَعَذَّرَ الْقُعُودُ ) وَلَوْ حُكْمًا ( أَوْمَأَ مُسْتَلْقِيًا ) عَلَى ظَهْرِهِ ( وَرِجْلَاهُ نَحْوَ الْقِبْلَةِ ) غَيْرَ أَنَّهُ يَنْصِبُ رُكْبَتَيْهِ لِكَرَاهَةِ مَدِّ الرِّجْلِ إلَى الْقِبْلَةِ وَيَرْفَعُ رَأْسَهُ يَسِيرًا لِيَصِيرَ وَجْهُهُ إلَيْهَا ( أَوْعَلَى جَنْبِهِ الْأَيْمَنِ ) أَوْ الْأَيْسَرِ وَوَجْهُهُ إلَيْهَا ( وَالْأَوَّلُ أَفْضَلُ ) عَلَى الْمُعْتَمَدِ رد المحتار

Biror narsaga suyanib o‘tirishning ham imkoni bo‘lmasa, chalqancha yotib, oyoqlarini qibla tarafga uzatib, tizzalarini bir oz ko‘tarib, yuzi qiblaga yuzlanishi uchun boshini bir oz ko‘tarib o‘qiydi. Yoki o‘ng yoki chap tarafiga yonboshlab yuzini qiblaga qaratib, imo-ishora bilan o‘qiydi. Birinchi surat afzalroq («Roddul Muhtor»).

Bemorlardan boshqalar oyog‘ini qiblaga uzatib yotishi tanzihiy makruhdir.

Namozdagi qiyom va qa’daning ta’rifi. Yuqorida «tik turish» va «o‘tirish» so‘zlari ishlatildi. Tik turishning miqdori haqida ulamolarimiz quyidagilarni aytganlar: «Qiyom deb insonning qaddini tik tutishiga aytiladi. Bunda bir oz egilishning ham zarari yo‘q, lekin bu narsa ruku’ning eng past darajada ado bo‘ladigan miqdoriga yetmasligi kerak». Tik turgan kishi 90 darajada egilsa, to‘liq ruku’ qilgan bo‘ladi, 45 darajadan o‘tib egilsa, ruku’ning eng oz miqdori bo‘ladi. Bunda qo‘lini yozsa, tizzaga yetadigan bo‘ladi. 45 darajadan kamroq egilsa tik turgan (qoim) hisoblanadi.

اتفق الفقهاء على أن القيام المطلوب شرعاً في الصلاة هو الانتصاب معتدلاً , ولا يضر الانحناء القليل الذي لا يجعله أقرب إلى أقل الركوع بحيث لو مدّ يديه لا ينال ركبتيه. الموسوعة الفقهية

Fuqaholar «Namozda shar’iy talab qilingan tik turish – mo‘’tadil to‘g‘ri turishdir. Bunda qo‘lni cho‘zganda tizzaga yetmaydigan darajada bir oz egilishning zarari yo‘q» deb ittifoq qilishgan («Mavsu’atul-fiqhiyya»).

Qa’da deb hammamiz biladigan oddiy o‘tirishga aytiladi. Alloma Kosoniy rahimahulloh qa’daga ta’rif berib, «Inson tanasining beldan past qismi bukilib, orqaning yerga tegishi qa’da deb ataladi», deganlar.

Erga o‘tirgan holida boshini yerga qo‘yib sajda qila oladigan kishi kursiga (stulga) o‘tirib namoz o‘qish joizmi?

Ba’zi odamlar tik turishga qodir bo‘lmasa ham, o‘tirib sajda qilishga qodir bo‘lsa, kursida o‘tirgan hollarida ishora bilan sajda qilishlari joiz emas, chunki peshonasini yerga tekkiza oladigan kishiga ishora bilan sajda qilish kifoya qilmaydi.

Fuqaholarimiz sajdaga ta’rif berib, «vaz’ur-ro’si ’alal-ard», ya’ni «boshni yerga qo‘yish» deganlar. Ba’zilar «tasviyatul-a’laa ma’al-asfal», ya’ni «boshni oyoq bilan teng qilish», deyishgan (bosh oyoqdan bir g‘isht barobaricha ko‘tarilsa joiz‎). Kursiga o‘tirib sajda qiluvchilar mana shu farzni tark qilgan bo‘ladilar. Bunday holda o‘qilgan namozni qayta o‘qish shart («Ahsanul fatavo»).

Savol: Engashsa qon bosimi oshib ketadigan odam ishora bilan sajda qilsa bo‘ladi-mi?

Javob: Unday kishilar boshlarini yerga qo‘yib sajda qila olmaganlari uchun kursiga o‘tirib, ishora bilan sajda qilishlari joiz.

Ramazon Butiy rohmatullohi alayh o‘tirib namoz o‘qish haqida shunday deganlar: «Kursida namoz ŭqishda asosiĭ shart shuki, hoziq (mohir), ishonchli, namozxon tabib bemorga yerga ŭtirib namoz ŭqishi mumkin emasligini aĭtgan bŭlishi kerak. Bundan bosh qacha holatda kursida ŭtirib namoz ŭqishi joiz emas. Agar shifokor tik turishni taqiqlagan bŭlsa, ammo ŭtirib ruku’ sajda qilishni YËki ishora bilan sajda qilishni taqiqlamagan bŭlsa (u odamning kursiga emas), yerga ŭtirib namoz ŭqishi vojibdir».

 

Ibodatlarda boshqa din vakillariga o‘xshab qolish

Kursiga o‘tirib o‘qishda nasorolarning ibodatxonasidagi holatga o‘xshab qolish xavfi ham bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ibodatlarda ahli kitoblarga o‘xshashdan qattiq qaytarganlar.

Takbiri tahrima uchun qiyom shartdir

Odatda kursiga o‘tirib o‘qiydigan kishilar yurib kelib, kursiga o‘tirib, so‘ng quloq qoqib, namozga kirishadilar. Takbiri tahrimaning sharti esa namozga tik turgan holda kirishishdir. Bu holatda mana shu shart bajarilmay qoladi.

شرط صحة التكبير أن يوجد في حالة القيام في حق القادر على القيام ، سواء كان إماما أو منفردا أو مقتديا ، حتى لو كبر قاعدا ثم قام لا يصير شارعا ، ولو وجد الإمام في الركوع أو السجود أو القعود ينبغي أن يكبر قائما ثم يتبعه في الركن الذي هو فيه ، ولو كبر للافتتاح في الركن الذي هو فيه لا يصير شارعا لعدم التكبير قائما مع القدرة عليه .

Imom uchun ham, yolg‘iz namoz o‘qiyotgan odam uchun ham, iqtido qilgan odam uchun ham takbiri tahrimaning sharti shuki, qiyomga qodir bo‘lgan odam tik turib takbir aytishi kerak. Bunday odam o‘tirgan holida takbir aytsa, namozga kirgan hisoblanmaydi. Imom ruku’, sajda yoki qa’dada bo‘lsa, namozga yangi qo‘shilayotgan odam takbirni tik turib aytib, keyin imomga ergashishi shartdir. Imom sajdada yoki qa’dadaligida unga iqtido qilgan odam o‘tirib olganidan keyin takbir aytsa, namozga kirishgan bo‘lmaydi, chunki u qiyomga qodirdir («Badoius sanoi’»).

Qiyomga qodir bo‘lishning miqdori

Bir kishi hassaga yoki devorga suyanib bo‘lsa ham tik tura olsa, namozda ana shunday turishi shart, chunki qiyom farzdir, qo‘lni kindik ostida bog‘lash esa sunnatdir. Farzni ado qilish uchun sunnatni tark qilish joiz. Bir-ikki oyat o‘qilguncha qodir bo‘lib, qolganiga qodir bo‘lmasa ham, shuncha miqdor tik turish farzdir.

وإن قدر على بعض القيام) ولو متكئا على عصا أو حائط (قام) لزوما بقدر ما يقدر ولو قدر آية أو تكبيرة على المذهب،

Agar hassa yoki devorga suyanib o‘qishga qodir bo‘lsa, qodir bo‘lgan miqdoricha tik turib o‘qishi shart. Agarchi bir oyat miqdori yoki unga ham yaramasa, takbiri tahrimani aytish miqdoricha bo‘lsa ham.

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Manba: muslim.uz

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Yana bir davlat Eronga maxfiy ravishda hujum uyushtirgan

Бу ҳақда Reuters агентлиги Ғарб давлатлари ва Эрондаги манбаларига таяниб хабар берди.

Ronaldu shokda! “An-Nasr” darvozaboni o‘ziga gol urib, chempionlikni ortga surdi

Саудия Арабистони Профессионал лигасининг 32-туридан ўрин олган учрашувда биринчи ўринда бораётган “Ан-Наср” энг яқин таъқибчиси “Ал-Ҳилол”ни қабул қилди.

Kaspiy dengizi xavotirli tezlikda qurib bormoqda

Каспий денгизида сув сатҳининг ўзгариб туриши аввалроқ ҳам кузатилган, бироқ олимлар 1990-йилларда бошланган ҳозирги пасайиш жараёни тўхтамаслигидан огоҳлантирмоқда.

Elektr va gaz narxlari bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Вазирлар Маҳкамасининг тегишли қарори билан 2026 йил 1 июндан бошлаб электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Mourinyo "Real"dan haydaydigan ilk futbolchi nomi ma’lum

Жозе Моуриньо «Реал» бош мураббийлигига тайинланишга яқин турибди. Португалиялик мутахассис ўз режаларига киритилмаган илк футболчини аниқлаб улгурди.

Harbiy qo‘mondonlik Putinni Rossiya armiyasi kuzgacha butun Donbassni egallashiga ishontirdi

Бу ҳақда Financial Times Россия президентининг атрофидаги манбалар, вазиятдан хабардор суҳбатдошлар ва Украина разведкасининг баҳосига таяниб ёзмоқда.

Orol Pekinga tegishli emas va unga bo‘ysunmaydi

Лайнинг ушбу баёноти АҚШ президенти Доналд Трамп ва Си Жинпин ўртасида Пекинда бўлиб ўтган учрашувдан бир неча кун ўтиб янгради.

«Manchester Siti» yangi bosh murabbiy bilan kelishuvga erishdi

«Манчестер Сити» клуби Хосеп Гвардиолага ўринбосар топиб бўлди. Аввалроқ тахмин қилинганидек, испаниялик мутахассиснинг ўрнини Энцо Мареска эгаллаши керак.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

Унга кўра, ушбу кунларда республиканинг айрим ҳудудларида ёмғир сувлари тўпланиши эҳтимоли бор, бу эса ҳудудларни сув босишига олиб келиши мумкин.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Kuba AQShga «qonli qirg‘in» bilan tahdid qildi

Гавана юзлаб ҳарбий дронлар ҳақидаги хабарлар ортидан эҳтимолий зарбанинг оқибатлари ҳақида огоҳлантирди.

Turklar Erondan ham yomonroq ahvolga tushadi — Isroil madaniyat vaziri

Мики Зоҳар “Туркияга душман давлат сифатида муомала қилишни бошлаш лозим” деган мазмундаги фикрни ҳам илгари сурди.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Shohimardon Hamroyev 105 yoshida vafot etdi

Шоҳимардон ота Ҳамроев Сурхондарё вилоятида ҳаёт бўлган сўнгги Иккинчи жаҳон уруши қатнашчиси эди.

Prezidentga eng ko‘p murojaatlar qayerdan yuboriladi?

Президент Халқ қабулхонасига ўтган бир ҳафтада 12448 та мурожаат келиб тушди.

Putin Ukrainada Kiyev va Odessani egallash kabi kengroq maqsadlarni ko‘zlayotgan bo‘lishi mumkin

Хусусан, гап стратегик аҳамиятга эга бўлган, жумладан, Қора денгизга чиқиш йўли ва асосий логистика тугунлари ҳисобланган ҳудудларга нисбатан эҳтимолий даъволар ҳақида кетмоқда.

Toshkentda IIB xodimi fohishalarga “rahnamolik” qilib kelgani ma’lum bo‘ldi

Яккасарой туманида профилактика инспектори ўзига бириктирилган ҳудудда ижарада яшовчи аёлдан фоҳишаларга “раҳнамолик” қилиш эвазига ҳар ойда 400 доллар пора беришни талаб қилган.

O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchilardan bo‘lib Rebate va Country Placement dasturlarini e’lon qildi

12-20 май кунлари бўлиб ўтаётган 79-Канн халқаро кинофестивали Marché du Film кинобозорида Ўзбекистон 25 фоизли Rebate ва Country Placement дастурларини эълон қилди.

Istanbul Global Dizayn forumi xalqaro ijodkorlarni bir maydonga jamlaydi

Истанбул бугунги кунда юксак даражадаги маданият ва санъат маркази сифатида эътироф этилмоқда. Шаҳар 41 та конгресс маркази, 225 та санъат галереяси ҳамда 27 та олий таълим муассасасида амалга оширилаётган ранг-баранг дизайн дастурларини ўз ичига олган кенг инфратузилмага эга бўлиб, ҳар йили ўртача 20 дан ортиқ халқаро санъат ва дизайн тадбирлари ўтказилади.

Bokuda “Merosdan barqarorlik sari: turkiy uylar” panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Тадбирнинг очилишида сўзга чиққан Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова бундай нуфузли форумнинг Бокуда ўтказилиши муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади. Унинг қайд этишича, ушбу форум ҳукуматлар, олимлар, меъморлар, халқаро ташкилотлар ҳамда фуқаролик жамияти вакилларини бирлаштирувчи муҳим глобал майдон ҳисобланади.

San-Diyegodagi otishma qurbonlari soni besh kishiga yetdi

Ҳалок бўлганлардан бири қўриқчи бўлиб чиқди.

Tadbirkorning 2 mlrd so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan shaxslar fosh etildi

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 167-моддаси (ўзлаштириш ёки растрата йўли билан талон-торож қилиш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

Kuba dronlari Floridaga tahdid solmoqda degan ayblov: Gavana AQShni “bosqinchilikka bahona yaratmoqda” deb tanqid qildi

Халқаро ОАВ, жумладан Axios нашрига таяниб тарқалган маълумотларга кўра, АҚШ разведкаси Кубада 300 дан ортиқ ҳарбий дронлар мавжудлиги ва уларнинг эҳтимолий ҳарбий сценарийларда ишлатилиши мумкинлигини кузатмоқда.

Netanyaxu: “birinchi zarbalardan keyin Eron qulashi mumkin”

Бу ҳақда АҚШ Марказий разведка бошқармаси ва Пентагоннинг собиқ раҳбари Роберт Гейтс маълум қилди.

“O‘zbekiston global investorlar diqqat markazida” — dunyoning yirik investorlari tarixiy IPOni e’tirof etmoqda

Президент Шавкат Мирзиёев раҳбарлигидаги Ўзбекистон ҳукумати билан давлат корхоналарида самарали бошқарувни йўлга қўйиш, иқтисодиётни қўллаб-қувватлайдиган кучли ва барқарор бизнесларни шакллантириш ҳамда маҳаллий капитал бозорини ривожлантириш йўлида ҳамкорлик қилаётганидан фахрланади.

Netanyaxu: Isroil hozir G‘azoning 60 foizini nazorat qilmoqda

Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяхунинг айтишича, асосий вазифа Ғазо Исроилга таҳдид солмайдиган ҳолатга келтиришдир.

Kallas AQSH, Xitoy va Rossiyani Yevropani bo‘lishga urinishda aybladi

Европа Иттифоқининг ташқи ишлар ва хавфсизлик сиёсати бўйича олий вакили Кая Каллас АҚШ, Хитой ва Россия Европани заифлаштиришга ҳаракат қилаётганини билдирди.

Moskva va atrofidagi hududga yirik dron hujumi: uch kishi halok bo‘ldi

Москва ва Москва вилояти бир йилдан ортиқ вақт ичидаги энг йирик дрон ҳужумига учради. Ҳужум оқибатида камида уч киши ҳалок бўлди, 17 киши турли даражада жароҳат олди.

JSST Ebola virusi sabab favqulodda holat e’lon qildi

ЖССТ Африкада Эбола эпидемияси туфайли фавқулодда ҳолат эълон қилди.

Italiyaning Modena shahrida avtomobil piyodalarni urib ketdi

ANSA маълумотларига кўра, ҳодисага сабабчи бўлган шахс келиб чиқиши шимолий африкалик бўлган 30 ёшли Италия фуқаросидир.

Bangkokda poyezd avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Ҳалокатга учраган поезд оғир контейнерларни ташиётган бўлган ва тўқнашувгача ўз вақтида тормоз беришга улгурмаган.

Putin «Moldovani darg‘azab qiluvchi» hujjatni imzoladi

Россия президенти Владимир Путин Днестрбўйи аҳолисининг Россия фуқаролигини олишини осонлаштирувчи фармонга имзо чекди.

O‘zbekiston delegasiyasi “Women in Tech Global Summit 2026”da ishtirok etdi

Ҳар йили ўтказиладиган “Women in Tech 2026” саммити Африканинг энг йирик технологик хабларидан бири ҳисобланган Кейптаун шаҳрида (Жанубий Африка Республикаси) бўлиб ўтди. Бу галги тадбир дунёнинг 60 мамлакатидан 700 дан ортиқ иштирокчини, хусусан, халқаро ташкилотлар, технологик компаниялар, давлат сектори, стартап-экотизимлар ва “Women in Tech” глобал ҳамжамияти вакилларини бирлаштирди.

O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi

Ўзбекистон тарихида илк бор йирик халқаро акциядорлик битими амалга оширилди — “Ўзбекистон Республикаси Миллий инвестиция жамғармаси” АЖ (UzNIF) ўз акцияларини Лондон ва Тошкент фонд биржаларида оммавий савдога чиқарди.

1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Ҳукуматнинг тегишли қарори (243-сон, 15.05.2026 й.) билан 2026 йил 1 июндан электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Zelenskiyning «o‘ng qo‘li» — Andrey Yermak qamoqqa olindi

Украина Олий аксилкоррупция суди Президент офисининг собиқ раҳбари Андрей Ермакни қамоққа олиш ҳақида қарор чиқарди. Суд жараёнида унинг фолбин билан маслаҳатлашгани ҳақида ҳам сўз борди.