Stress semirishga olib kelishi mumkin

Stress semirishga olib kelishi mumkin

Stress — bu hissiy yoki jismoniy zo‘riqish hisoblanadi. Bu g‘azab yoki asabiylashtiruvchi har qanday voqea yoki hodisalardan kelib chiqishi mumkin. Stress – bu odatiy tuyg‘u.

Stressning ikkita asosiy turi mavjud:

O‘tkir stress. Bu qisqa muddatli stress bo‘lib, tezda o‘tib ketadi. Siz buni tormoz bosganingizda, sherigingiz bilan janjallashsangiz yoki tik qiyalikdan chang‘ida uchayotganingizda his qilasiz. Bu xavfli vaziyatlarni boshqarishga yordam beradi. Bu, shuningdek, yangi yoki qiziqarli ish qilganingizda ham paydo bo‘ladi. Hamma odamlar bir vaqtning o‘zida o‘tkir stressga duch kelishadi.

Surunkali stress. Bu uzoq vaqt davom etadigan stressdir. Agar sizda pul bilan bog‘liq muammolar, oila yoki ishdagi muammolar bo‘lsa sizda surunkali stress bo‘lishi mumkin. Haftalab yoki oylab davom etadigan stress surunkali stress hisoblanadi.

Agar siz stressni boshqara olmasangiz bu salomatligingiz bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Stress va tana

Tana stressga garmonlar chiqarish orqali javob beradi. Bu garmonlar miyangizni hushyorroq qiladi, mushaklaringizni taranglashtiradi va pulsni oshiradi. Qisqa muddatdagi bu reaksiyalar yaxshi,chunki ular stressni keltirib chiqaradigan vaziyatni yengishga yordam beradi. Stress inson sog‘lig‘ini xavf istiga qo‘yadi, jumladan:

Yuqori qon bosimi

Yurak kasalligi

Qandli diabet

Semirib ketish

Depressiya yoki tashvish

Akne yoki ekzema kabi teri muammolari

Agar inson sog‘lig‘ida muammolar bo‘lsa surunkali stress yanada yomonlashtirishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!