Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 14.12.2020 yildagi 4-1001-2021/15553-sonli ijro hujjatiga asosan, qarzdor Toshkent davlat stomatologiya institutidan undiruvchi Turin politexnika instituti foydasiga 700 mln. so‘m miqdorida qarzdorlik undirish haqidagi ijro ishi mavjud bo‘lib, ijro hujjati 25.12.2020 yilda Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim davlat ijrochisi X.Alibekov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan 101120053839-sonli ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida mazkur hujjatning ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan qarzdorga tegishli barcha (valyuta, maxsus, blok va ikkilamchi) hisob varaqalar, asosiy vositalar ro‘yxati, debit kreditor qarzdorlikni tasdiqlovchi hujjatlar o‘rganilib, qarzdorga berilgan ixtiyoriy muddatdan so‘ng, unga tegishli mol-mulklarga band solingan.
MIB tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida joriy yilning 20 yanvar kuni qarzdor institutdan undiruvchi Turin politexnika instituti foydasiga 700 mln. so‘m miqdorida qarzdorlik to‘liq undirilib, ijro hujjati Qonunining 41-moddasiga asosan tamomlangan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Уларнинг таъкидлашича, янги турдаги қуроллар, айниқса, учувчисиз учиш аппаратлари оммавий қўлланилаётган шароитда ҳам Т-72 ўзининг жанговар самарадорлигини сақлаб қолмоқда.
Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.
Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.
2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.