Stoltenberg Xitoyni Ukrainaga qarshi agressiyaning tashkilotchisi deb atadi

Stoltenberg Xitoyni Ukrainaga qarshi agressiyaning tashkilotchisi deb atadi

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina hududidagi qurolli to‘qnashuvlar Rossiya, Xitoy, KXDR va Eron qanchalik chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatishini aytdi. U Xitoyni “Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiyasining bosh tashkilotchisi” deb atadi.

«Rais Si va prezident Putin, ularning barchasi NATO va AQSh Ukrainada muvaffaqiyatsizlikka uchrashini istashadi. Agar Putin Ukrainada g‘alaba qozongudek bo‘lsa, bu nafaqat prezident Putinga, Si Jinpingga ham dadillik bag‘ishlaydi. Yaponiya bosh vaziri aytganidek, Ukrainada bugun bo‘layotgan voqealar ertaga Osiyoda ro‘y berishi mumkin»,— degan Yens CBS Newsga bergan intervyusida.

Stoltenberg NATO bloki AQShga jumladan Xitoy bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun ham kerakligini qo‘shimcha qilgan. Uning qayd etishicha, alyans bu masalani ham tartibga sola oladi, chunki NATOda umumiy yalpi ichki mahsuloti jahon YAIMning yarmidan oshadigan 30 dan ziyod ittifoqchilar to‘plangan.

Iyul oyining boshida NATO bosh kotibi Xitoyga bosim o‘tkazish uchun Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya bilan hamkorlikni chuqurlashtirish niyatida ekanini ta’kidlagan edi. Pekin bunga javoban blokning bunday bayonotlarini tanqid ostiga oldi va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida o‘z manfaatlarini himoya qilishda davom etishini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!