Stoltenberg Bokuga keldi

Stoltenberg Bokuga keldi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Bokuga tashrifi chog‘ida Ozarbayjon va Armanistonni mustahkam tinchlik o‘rnatishga chaqirdi.

– Bokuda Ozarbayjon Prezidenti bilan uchrashdim, – deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. – Ozarbayjon azaldan NATO hamkori hisoblanadi. Bu sheriklik kelgusida ham mustahkamlanishini sabrsizlik bilan kutaman.

Mintaqada tinchlik va barqarorlik keng ma’noda xavfsizlik uchun muhim. Ozarbayjon va Armanistonni yuzaga kelgan mustahkam tinchlik o‘rnatish imkoniyatidan foydalanib qolishga chaqiraman.

Yakshanba kuni rasmiy tashrif bilan Bokuda bo‘lgan Stoltenbergning Janubiy Kavkaz bo‘ylab safari rejasidan Gruziya va Armaniston ham o‘rin olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!