Stadiondagi tiqilinchda 12 kishi halok bo‘ldi

Stadiondagi tiqilinchda 12 kishi halok bo‘ldi

Hodisa San-Salvador poytaxtidagi "Kuskatlan" stadionida "Alyans" va "FAS" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin oldidan sodir bo‘lgan. Darvozalar yopilgan paytda ko‘p sonli muxlislar tribunaga kirishga harakat qilishdi - rasmiylar qalbaki chiptalar ayrim muxlislarga sotilgan deb hisoblab, tergov ishlari olib borilayotganini aytishgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tiqilinchda kamida 12 kishi halok bo‘lgan, 90 dan ortiq kishi jarohatlangan. 500 dan ortiq kishiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Salvador futbol federasiyasi milliy chempionatni muddatidan avval tugatishga qaror qildi. Chempion aniqlanmaydi, xalqaro turnirlar ishtirokchilari esa o‘tgan mavsum natijalariga ko‘ra aniqlanadi. Shuningdek, ayni damda federasiya stadionlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish masalasida FIFA va KONKAKAF bilan maslahatlashayotgani xabar qilingan.

O‘z navbatida, Salvador Oliy ligasi futbolchilari assosiasiyasi bunday qarorga qarshi chiqdi va vaziyatni muhokama qilish uchun shoshilinch yig‘ilish e’lon qildi. Kasaba uyushmasi noroziligini bildirib, federasiya futbolchilarning fikrini inobatga olmasdan shunday qarorga kelganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!