SSV: Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tashkil etildi

SSV: Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tashkil etildi

SSV: Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

(https://lex.uz/pdfs/5992435)❗️Unga muvofiq, Toshkent shahar 4-son bolalar klinik shifoxonasi va 3-son yuqumli kasalliklar klinik shifoxonalarini qo‘shib yuborish orqali, 300 o‘ringa mo‘ljallangan davlat muassasasi shaklidagi Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qayta tashkil etildi.

Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 42-a uy manzilida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya va qon quyish ilmiy-amaliy tibbiyot markazining sobiq bino-inshootlari tegishli hududi bilan birga Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi operativ boshqaruv huquqi asosida o‘tkazib beriladi.

Quyidagilar markaz faoliyatining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

📌 bolalarni tekshirish, ularga yuqori malakali tibbiy-konsultativ yordam ko‘rsatish;

📌 bolalarga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan standartlarga muvofiq yuqori malakali ixtisoslashtirilgan stasionar yordam ko‘rsatish;

📌 tuman tibbiyot birlashmalari mutaxassislariga konsultativ va tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatish;

📌 Toshkent shahar davolash-profilaktika muassasalari amaliyotiga zamonaviy tibbiy texnologiyalarni va boshqarishning iqtisodiy metodlarini joriy etish;

📌 tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda qatnashish;

📌 tibbiyot muassasalarida davolash-profilaktika jarayoni sifatini ekspertizadan o‘tkazish.

Belgilanishicha:

✅ Markaz Toshkent shahar 4-son bolalar klinik va 3-son yuqumli kasalliklar shifoxonalarning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, Qushbegi mavzesi 26-uyda joylashgan Toshkent shahar 3-son yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasining bino-inshootlari tegishli hududi bilan birga Toshkent davlat stomatologiya institutiga;

✅ Toshkent shahar, Shayxontohur tumani Markaz-27, Bog‘ ko‘chasi 20-uyda joylashgan Toshkent shahar 4-son bolalar klinik shifoxonasining bino- inshootlari tegishli hududi bilan birga Sog‘liqni saqlash vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!