SSSRning eng yaxshi sportchisi: «Har safar o‘yinga tushganimda Qur’on va zahira qo‘lqopimni darvozaning bir burchagiga ilib qo‘yardim»

SSSRning eng yaxshi sportchisi: «Har safar o‘yinga tushganimda Qur’on va zahira qo‘lqopimni darvozaning bir burchagiga ilib qo‘yardim»

Men o‘z dinimni hech qachon yashirmaganman. Islomiy bayramlarning barchasini o‘z vaqtida nishonlab kelaman. Har safar o‘yinga tushganimda o‘zim bilan kichkina qo‘l xaltamni olib tushardim. Qur’on va zahira qo‘lqopim solingan bu xaltachani o‘yin vaqtida darvozaning bir burchagiga ilib qo‘yardim. Bu men uchun odatga aylangandi. Hatto Ispaniyaga qarshi hal qiluvchi bahsda ham bu odatni tark qilmadim.

Faoliyatim davomida bir marotaba yoqimsiz vaziyat bo‘lgan. Hayit bayrami kuni Tinchlik prospektidagi masjidga bordim. Hayit namozini o‘qib uyga qaytdim. Ertasiga ertalab mashg‘ulotga kelganimda Beskov chaqirtirib,“ kecha qayerda eding?”, deb savol berdi.

Havotir aralash “Uyda edim”, deya javob berdim.

“Masjidga bordingmi?”, deb davom etdi u, men esa  borganimni aytdim.

“Mana endi Lubyankaga borasan, javobingni tayyorlayvergin” dedi.

Menimcha kimdir u yerda ibodat qilayotganimni ko‘rgan-u, borib KGBga yetkazgan.

Turli xayollar qurshovida aytilgan manzilga yetib bordim. U yerdagi xodimlar dastlab menga qilayotgan ishim xatoligini yaxshi gap bilan uqtirishga harakat qilishdi. Foydasi bo‘lmagach, qo‘rqitishga o‘tildi. So‘ng yana shirin muomala...

KGB qo‘mita a’zosi yaxshi odam ekan, gap boshladi.

- Rinat, sizga masjidga borish mumkin emas!

- Nima uchun?

-Siz taniqli insonsiz, sizni hamma taniydi. G‘arb ommaviy axborot vositalari siz haqingizda yozishi mumkin. SSSRning eng yaxshi sportchisi masjidga boradi, deb.

- Sizga-chi, borish mumkinmi, — deya undan qiziqib so‘radim.

- Menga mumkin, chunki men taniqli shaxs emasman, — deya istehzo qildi suhbatdoshim.

Baxtimga ustimdan ish ochmadi. Xuddi o‘sha kunlari meni taqdirlamoqchi bo‘lib yurishgan edi. Taqdirlash marosimi olti oy keyinga surildi.

Ammo men bu voqedan keyin ham masjidga borishni kanda qilmadim. Aytib o‘tishim kerak, Starostin va Beskov keyinchalik ham, umuman menga bu haqida indamadilar.

Rus tilidan Nazirjon Usmanov erkin tarjimasi

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!