"Spark" sabab "Cobalt" piyodani urib yubordi

"Spark" sabab "Cobalt" piyodani urib yubordi

⚡️Joriy yilning 3 oktyabr kuni soat 11:00 larda, Toshkent shahar, Bektemir tumani TXAY ko‘chasida haydovchi, 1972 yilda tug‘ilgan K.K. "Cobalt" rusumli avtomobilda harakatlanayotgan vaqtda, qayrilib olish joyida yo‘liga chiqib ketgan "Spark" avtomobiliga urilib ketmaslik maqsadida rulni o‘ng tomonga burgan va yo‘l chetida turgan piyoda, 1987 yilda tug‘ilgan P.B.ni urib yuborgan.

🔹Natijada, piyoda P.B. tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

❗️Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, holat sodir bo‘lishiga aloqador bo‘lgan "Spark" rusumli avtomobil haydovchisini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

‼️Barcha haydovchilardan yo‘llarda qoidalarga rioya qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘raymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!