Solixon domla ishdan bo‘shatildi

A A A
Solixon domla ishdan bo‘shatildi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xalq orasida “Solixon domla” nomi bilan tanilgan, Toshkent viloyati Zangiota tumani “Fath” jome masjidida imom noibi vazifasida ishlab kelgan Ortiqxo‘jayev Solixon Maxkamovichning internet tarmoqlaridagi keskin chiqishlari fuqarolar, ayniqsa, Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi vatandoshlarimizning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Ushbu mavzuni muhokama qilayotgan yurtdoshlarimizning ayrimlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining mazkur masalaga o‘z munosabatini bildirishini so‘ramoqdalar.

Darhaqiqat, ayrim shaxslar, shu jumladan, diniy soha vakillarining ijtimoiy tarmoq yoki ma’raka-marosimlarda masalani chuqur o‘rganmay, voqelikni hisobga olmay, urf-odat, qonun-qoidalarga e’tibor qilmay go‘yoki fatvo sifatida aytayotgan gaplari, halol-haromga ajratayotganlari yoki fosiq-kofirga chiqarayotganlari O‘zbekiston musulmonlari idorasini xavotirga solmoqda. Bunday o‘ylanmagan chiqishlar jamiyatda muayayn savollarni, ayniqsa, ziyolilar qatlamlarida turli fikr-mulohazalarni keltirib chiqarmoqda.

Ta’kidlash zarurki, ilmga ega bo‘lmay yoki masalani chuqur tahlil etmay, manbalarga tayanmay aytilgan har qanday gap, hatto uni ahli ilm aytgan bo‘lsa ham, fatvo hisoblanmaydi hamda shar’iy kuchga ega emas.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimi vakillarining Islom dini ta’limotlarini jamiyatni birlashtirish yo‘lida emas, aksincha keskinlik keltirib chiqarishga sabab bo‘ladigan shaklda bayon qilishlari, aholi orasida noxush bahs-munozaralarga sabab bo‘lishlarining oldini olish uchun o‘zini mas’ul hisoblaydi.

Qayd etish lozimki, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan imom-xatib va imom noiblarning odob-axloq qoidalari hamda mehnat majburiyatlarida ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarida fuqarolar, davlat, jamoat va diniy tashkilotlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi axborot tarqatmaslik, salbiy mazmundagi keskin munozaralarga sabab bo‘luvchi chiqishlar qilmaslik talablari qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan 2021 yil 30 noyabr kuni chiqarilgan buyruqda diniy soha xodimlari tomonidan jamoat oldida, ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda muayyan shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan ma’lumot e’lon qilish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilangan tartibda mehnat shartnomasini bekor qilishgacha bo‘lgan intizomiy chora ko‘rilishi qayd etilgan.

Ta’kidlash joizki, Solixon domla Ortiqxo‘jayev aholi, ayniqsa, Toshkent viloyati musulmonlari orasida hurmat-ehtiromga ega bo‘lgani e’tiborga olingan holda, 2021 yilda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimiga imom noibi vazifasiga rasman ishga qabul qilingan edi. Mazkur imom noibi xalqimizning diniy ehtiyojlarini qondirishga, taqvo, ilm-ma’rifat, Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan sunnat bo‘lgan islomiy odob-axloq bilan samarali xizmat qiladi, deb umid qilingan edi.

Taassufki, o‘tgan davr davomida Diniy idora Solixon domla Ortiqxo‘jayevning faoliyatidan kutilgan natijalarni olmadi. Domla birinchidan, aksariyat vaqtini turli hududlarda istiqomat qiluvchi muxlislari taklif etgan to‘y-marosimlarga sarflab, ikkinchi tomondan, yashash manzili uzoqda ekanini sabab qilib, biriktirilgan masjidda to‘laqonli ishlagani yo‘q.

Eng asosiysi, Solixon domla O‘zbekiston musulmonlari idorasi ichki mehnat tartibi, buyruqlari, shuningdek, imom-xatib va imom noiblarning odob-axloq qoidalari va mehnat majburiyatlarida axborot tarqatish, ma’ruza qilish masalalarida yuqorida qayd etilgan talablarga rioya eta olmadi. O‘tgan davr ichida Solixon domla ijtimoiy tarmoqlarda diniy soha vakili maqomiga zid chiqishlari uchun bir necha bor O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati tomonidan ogohlantirilib, unga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, Solixon domla 2021 yilda o‘zining chiqishlarida amaldagi qonun talablarini buzgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Afsuski, Solixon domlaning so‘nggi vaqtlardagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’ruzalari uning yuqorida qayd etilgan ogohlantirishlardan to‘g‘ri xulosa chiqarmaganidan dalolat bermoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyatining ilk davridan jamiyatdagi tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash, aholi orasida diniy omil asosida nizoli holatlar chiqishining oldini olish masalasini faoliyatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblaydi.

Shu bilan birga, diniy idora tizimi vakillari tomonidan muayyan ijtimoiy qatlamlarga mansublik yoki dinga bo‘lgan munosabatidan kelib chiqqan holda jamiyatda mojaro va beqarorlik kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan xatti-harakatlar sodir etilishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi joriy yilning 20 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi asosida Solixon domla Ortiqxo‘jayev bilan mehnat shartnomasini bekor qildi va vazifasidan ozod etdi.

Ta’kidlash joizki, ayrim shaxslarning ma’raka va marosimlarda, ijtimoiy tarmoqda shar’iy hukmlarga e’tiborsizlik ila fatvo berishlari o‘zlari va o‘zgalarni ham adashtirish hisoblanadi. Masalan, ba’zi holatlarda kuzatayotganimizdek, qanday qilib muayyan kasb egasini fosiq yoki kofirga chiqarish yoki katta bir hudud aholisiga ommatan haqoratmuz so‘zlarni aytish mumkin? Axir ma’ruza qilayotgan shaxs tadbirga mana shu kabi fitnaga sabab bo‘luvchi chiqishlar uchun taklif etilganmi?

Aksincha, voiz tinglovchilarning qadrini ko‘tarib, ularda bor yaxshi xususiyatlarni eslatib, ularning qalbini ochishi kerakku! Nasihat qiluvchi o‘z so‘zlariga maxliyo bo‘lib, o‘zini go‘yoki Alloh ato etgan yuqori va baland martabada turibman, deb o‘ylamasligi, balki tanqid qilinayotgan shaxs, ehtimol, hozir yoki kelgusida undan fazilatli va Haq taologa yaqinroq bo‘lishi mumkin ekanini esdan chiqarmasligi darkor.

Islom tarixida hech qachon fatvo berish vakolati bo‘lgan olim-ulamolar keskin, fitna va nizolarga sabab bo‘luvchi hukmlar chiqarmagan hamda bu kabi g‘oyalarni targ‘ib etgan emaslar. Zero, Alloh taolo marhamat qiladi: “(Ey Muhammad!) Rabbingizning yo‘li (dini)ga hikmat va chiroyli nasihat bilan da’vat eting! Ular bilan eng go‘zal uslubda munozara qiling! ...” (Nahl surasi, 125-oyat).

Shu nuqtai-nazardan, fuqarolarimizga ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda ushbu tadbirlarning mazmuni va ruhiyatiga mos ravishda ma’ruza qilish salohiyatiga ega rasmiy imom-domlani taklif qilish uchun tuman va shahar bosh imom-xatiblari yoki hududdagi rasmiy masjid imom-xatiblaridan maslahat olishni tavsiya qilamiz.

Ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019 yil 14 sentyabrdagi 2736-SH/KQ-592-SH-sonli Qo‘shma qarorida tasdiqlangan “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi Nizom”ning 2-bob, 3-bandiga muvofiq, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda diniy mavzuda ma’ruza ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu ma’ruza diniy tashkilotning vakolatli vakili tomonidan o‘qilishini eslatib o‘tamiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi xalqimizni diniy sohadagi ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun bor sa’y-harakatlarini amalga oshirib kelayotgan tizim xodimlarini yana bir karra shar’iy hukm berish mas’uliyati, ma’ruza va amru-ma’ruf odobi, islomiy va milliy axloq talablari, shuningdek, jamiyatdagi voqelik va ehtiyoj, milliy an’ana va urf-odatlarni doimiy ravishda yodda saqlash hamda kundalik faoliyatda va chiqishlarda ularga qat’iy amal qilishga chaqiradi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi

Бу ҳақда Грузия ҳукумати маъмурияти эълон қилди.

Erondagi vaziyatdan Markaziy Osiyoda eng ko‘p Tojikiston qiynalishi mumkin

Имкониятлари чекланган республика учун бу озиқ-овқат хавфсизлиги нуқтаи назаридан жиддий ҳажм ҳисобланади.

Eron AQShning F-35ga qanday raketa bilan zarba berganini ko‘rsatdi

Ушбу зенит ракетаси 25 км масофага уча олади ва икки усул билан бошқарилади: радар ва иссиқлик изловчи электро-оптик.

Eron Trampning Hormuz bo‘g‘ozini ochish haqidagi ultimatumiga javob berdi

Бу ҳақда Эрон Миллий телерадиоэшиттириш корпорацияси (IRIB) Эрон Қуролли Кучлари Бош штабига таяниб хабар бермоқда.

Eron Isroilning yuqori lavozimli amaldorini o‘ldirdi

Бу ҳақда Fars ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Eron AQSh dengiz floti uchun benuqson "qirg‘in zonasi" yaratib kutmoqda

Бунинг аниқ сабаби бор – бу Эроннинг ассиметрик уруш орқали АҚШни мағлуб этиш бўйича узоқ йиллик стратегиясидир.

AQSh Eronning neftdan taxminan 14 milliard dollar daromad olishiga imkon berdi

Бу ҳақда Ахios журналисти Барак Равид хабар берди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Goal «Oltin to‘p — 2026» uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxatini yangiladi

Goal.com портали таҳлилчилари 2026 йилда «Олтин тўп» совринини қўлга киритишга асосий даъвогарлар рейтингини тақдим этишди.

Eron AQSh ultimatumiga javob qaytardi

Агар АҚШ Эрон электр станцияларига зарба берса, Эрон Ормуз бўғозини бутунлай ёпиб қўяди.

Eron Yaqin Sharqda blekaut yuzaga keltirish bilan tahdid qildi

Бу ҳақда The Times of Israel хабар берди.

AQSh va Isroil nimadan xavotirda?

АҚШ ва Исроил Эрон томонида ҳусийларни можарога тортиши мумкин бўлган ҳар қандай провокациялардан қочишга ҳаракат қилмоқда, дея хабар берди The Wall Street Journal нашри.

Husanovning finaldagi o‘yini qanday baholandi?

Англия Лига кубогининг (Carabao Cup) ҳал қилувчи финал баҳси ўз якунига етди.

Tramp: “Eron hatto raqobat ham tug‘dirmayapti”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ҳақида навбатдаги кескин баёнот билан чиқди.

Kallas: “Urush sevgi sarguzashtiga o‘xshaydi — kirish oson, chiqish qiyin”

Европа Иттифоқи дипломатияси раҳбари Кая Каллас Эрон атрофидаги вазият юзасидан эҳтиёткорликка чақирди.

Isroil Eronning “Basij” kuchlari razvedka bo‘linmasi boshlig‘i yo‘q qilinganini e’lon qildi

Исроил армияси матбуот хизматининг хабар беришича, Теҳронга зарбалар чоғида “Басиж”нинг разведка бўлими бошлиғи Исмоил Аҳмадий йўқ қилинган.

Fransiyada ISHIDning yazidiylarga qarshi genosidi bo‘yicha ilk hukm chiqarildi

Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.

Ijtimoiy tarmoqlar yoshlar farovonligiga salbiy ta’sir qilmoqda

2026 йилги World Happiness Report 2026да таъкидланишича, ижтимоий тармоқлар ёшлар фаровонлигига жиддий салбий таъсир кўрсатмоқда.

Eron uzoq davom etadigan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Financial Times

Financial Timesнинг хабар беришича, Эрон санкциялар енгиллаштирилмас экан, ҳарбий ҳаракатларни тўхтатишга рози эмас ва узоқ давом этадиган урушга тайёргарлик кўрмоқда.

Eron hujumlari natijasida Qatarning suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatining 17 foizini 3–5 yilga ishdan chiqdi — Reuters

Бу йилига 20 млрд долларгача йўқотишларга олиб келади", дея хабар бермоқда агентлик.

AQSh ittifoqchilari Eronga qarshi xavfsizlik choralariga tayyor

Бу ҳақда АҚШ томонидан эълон қилинган қўшма баёнотда таъкидланган.

Evropa Ittifoqining ikki davlati Ukrainaga kredit berishni to‘xtatib qo‘ydi

Венгрия ва Словакия Европа Иттифоқининг Украинага 90 миллиард евро ажратиш тўғрисидаги қарорига тўсқинлик қилишди.

Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol jinsiy zo‘ravonlikka uchradi

Бу ҳақда бугун, 19 март куни “Sözcü” хабар берди.

Qirg‘izistonda sobiq DXX rahbarining qarindoshi qo‘lga olindi

Орунбековнинг таъкидлашича, Камчибек Ташиев лавозимни тарк этганидан сўнг бундай амалиётлар тўхтаган ва корхона омборларида катта ҳажмда бензин тўпланиб қолган.

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda AlmaU hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.

Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Шунингдек, автоҳалокатда жароҳат олган яна уч нафар ҳамюртимизга тезкор тиббий ёрдам кўрсатилган ва уларга шифохонадан жавоб берилган.

Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi

Қарши туманида истиқомат қилувчи, 1965 й.т. шахс ўзининг яшаш хонадонида тегишли лицензиясиз дорихона ташкил қилиб, 82 турдаги жами 1520 дона меъёрий ҳужжати бўлмаган дори воситаларини сотиб келаётганлиги аниқланди.

Prezident farmoni bilan 392 nafar shaxs afv etildi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.

Trampning kuyovi Jared Kushner Yaqin Sharqdagi urushdan milliardlar topmoqchi

New York Times маълумотига кўра, у Affinity Partners компанияси учун тахминан 5 миллиард доллар топишни режалаштиряпти.

Afg‘oniston Pokistonga qarshi amallarni vaqtincha to‘xtatdi

Маълум қилинишича, бу қарор Қатар, Саудия Арабистони ва Туркиянинг илтимосига биноан қабул қилинган.

Eron dushman energetikasini “yo‘q qilish” bilan tahdid qildi

IRIB маълумотига кўра, Эрон Қуролли Кучлари вакили Хотам ал-Анбия нефть иншоотларига қилинган ҳужумларга жавоб сифатида душманнинг барча энергетика инфратузилмаси йўқ қилинишини билдирди.

Isroil Eron razvedka vaziri Ismoil Xatibning o‘ldirilganini ma’lum qildi

Эрон президенти Масъуд Пезешкиён ушбу хабарни тасдиқлади.

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kg narkotik moddalar musodara qilindi

Натижада, ундаги махсус тайёрланган хуфия жойда бўлган мармар тошлар орасига 9 кг 40 гр опий экстракцияси яширилганлиги аниқланди