Soliq qarzi undirildi

Soliq qarzi undirildi

Kattaqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining sud hujjatiga asosan qarzdor “Ziyovuddin paxta tozalash” AJ.dan undiruvchi Paxtachi tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 3 mlrd. 569 mln. 694 ming so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Paxtachi tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.
Ijro harakatlari davomida, qarzdor “Ziyovuddin paxta tozalash” AJ.ning hisob-raqamiga band solinib, mutasaddi idoralarga so‘rov xatlari yuborilgan.
Qarzdor “Ziyovuddin paxta tozalash” AJ.ga tegishli bo‘lgan hisob-raqamlariga band solingan va pul mablag‘larini xatlab, vaqtincha saqlash uchun “ATB Agrobank” tuman filiali rahbariyatiga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 232-233-moddasi talablari tushuntirilgan holda vaqtincha saqlash uchun topshirilgan.
Hozirda qarzdor “Ziyovuddin paxta tozalash” AJ.ning tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 3 mlrd. 569 mln. 694 ming so‘m solik qarzi undirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!