Sofi Balbi — Luis Suaresni “Barselona”ga olib kelgan ayol (foto)

Sofi Balbi — Luis Suaresni “Barselona”ga olib kelgan ayol (foto)

Boshqa futbolchilardan farqli o‘laroq Luis Suaresning sevgi tarixi juda qiziqarli. 

U Sofi Balbi bilan bazmlardan birida tanishib qoladi. O‘shanda Suares 15 yosh, Sofi esa undan 2 yosh kichik edi. Shu paytdan o‘rtalarida iliqlik paydo bo‘ladi.

Sofi Montevideodan 23 kilometr uzoqlikda turardi. Uning oldiga borish uchun yo‘l haqi esa 40 pesoga teng edi. Suaresda esa buncha pul yo‘q edi. Shunda u o‘zi o‘ynayotgan “Nasyonal” klubi murabbiyiga shunday deydi: “Agar gol ursam, 20 peso berasizmi?” Suares endi sevgan insonini ko‘rish uchun ham ko‘proq gol urishga intiladi.

Keyinchalik “Koka-kola”ga muhabbat qo‘ygani Suaresni ortiqa vazn muammosiga duchor qiladi. Murabbiyi esa u ozishi kerakligini aytadi. Sofi unga yordam beradi va birga parhez tutishadi.

Sofi Balbi bir tiyinsiz, qiyinchilik bilan yashayotgan Suaresni yorqin kelajak sari boshlaydi. Futbolchining oldida “Real” va “Barselona” varianti turganida aynan Sofi unga Kataloniya klubiga o‘tishi yaxshiroq ekanligini aytadi. Shu paytgacha rafiqasining maslahatiga kirib kam bo‘lmagan Suares bu safar ham Sofining aytganini qiladi. Ko‘rib turibmizki, bu safar ham Suares xato qilgani yo‘q. Bir so‘z bilan aytganda, Sofi Balbi Suaresni chinakam futbolchiga aylantirgan. Ular bir-biriga juda mos.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!